Главная / Jamiyat / Ahmed Aliev: MKhKh sobiq generali Uzbekiston rahbarlariga suiqasd uyushtirmoqchi bulgandi
<

Ahmed Aliev: MKhKh sobiq generali Uzbekiston rahbarlariga suiqasd uyushtirmoqchi bulgandi

Etti yil “Jasliq” qamoqkhonasida mahbuslikda bulgan «Aliev zargari» (Gold Center) zargarlik kompaniyasi rahbari Ahmed Aliev 21 oktyabr kuni utkazgan matbuot anjumanida 2012 yilda sobiq MKhKh amaldorlari Uzbekistonda davlat tuntarishi uyushtirmoqchi bulishganini aytdi

aty0si2kehd6i3md40kfxh0gakksdydn

«2012 yilda meni va khodimlarimni hibsga olishganida hamma buni Gold Center bilan boglagandi. Darhaqiqat, bu sabab bulgan, lekin ikkinchi darajali sabab. Birinchisi siyosiy sabab bulgan. 2011—2012 yillarda, fikrimcha, Uzbekistonda usha vaqtdagi prezident Islom Abduganievich Karimovni chetlashtirish va takidlab aytaman, bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoevni – hozirgi khalq prezidentini jismonan yuq qilish orqali davlat tuntarishini amalga oshirishga tayyorlanishgan», — dedi u.

Ahmed Alievning suzlariga kura, Rahim Mamajonov MKhKh raisining sobiq birinchi urinbosari Shuhrat Gulomov nomidan unga zargarlik markazi binosini Gulomovga berish va oylik maosh evaziga markazni boshqarishni taklif qilgan.

Bundan tashqari, Rahim Mamajonov unga davlat tuntarishini amalga oshirish rejalashtirilayotganini aytgan.

Aliev bu haqda tegishli organlarga malum qilmoqchi bulgan, ammo tez kunda hibsga olingan.

Eslatib utamiz, 2017 yilning yanvarida 51 yoshli general-leytenant Shuhrat Gulomov Milliy Khavfsizlik khizmati raisining birinchi urinbosari lavozimidan ishdan olingan va Surkhondaryo viloyati boshqarmasiga utkazilgandi. Shuhrat Gulomov MKhKhdagi faoliyatini aynan Surkhondaryodan boshlagandi.

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 19—20 yanvar kunlari Surkhondaryo viloyatida bulgan chogida Shuhrat Gulomovni khoin deb atagandi.

“Surkhondaryoda bu masalada ogir edi. Shuning uchun bu erga bitta ham biznesmen kelmagan, keldimi darrov qamardi. Bu falonchining odami, bu pistonchining odami, bu hokimning pul beradigan odami, deb. San kimsan, uzing pul bermaydiganmiding, san Gulomov. Sotqin. Poraning boshida uzi utirardi”, degandi Mirziyoev.

Malumot uchun, MKhKh raisining sobiq birinchi urinbosari Shuhrat Gulomov 2017 yili Uzbekiston Harbiy sudi tomonidan konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilish va giyohvand moddalar kontrabandasini tashkil etishda aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

О нас

Яна маълумот

3TcsCKyeEK4dlxIh2RC0LqlEjOA_TCDj

Energetika vazirligi: aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi uchun tulovni 99 foizgacha oshirdi

Energetika vazirligida mamlakatda ASKUE tizimini joriy etish buyicha asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» …