Главная / Jahon / Afgoniston qahramoni, etnik uzbeklar etakchisi va endilikda marshal. Abdulrashid Dustum kim?
<

Afgoniston qahramoni, etnik uzbeklar etakchisi va endilikda marshal. Abdulrashid Dustum kim?

17 may kuni Afgonistondagi mashhur harbiy arbob Abdulrashid Dustumga marshali unvoni berilishi malum buldi. Sobiq vise-prezident hisoblangan general Abdulrashid Dustumga prezident farmoniga binoan marshal unvoni berilishidan tashqari hukumat Oliy kengashi va Milliy khavfsizlik kengashigada joy kafolatlandi.

Foto: Getty Images

U kim uzi?

Afgonistondagi eng mashhur harbiy qumondonlardan biri (balki eng mashhuridir) Abdulrashid Dustum 1954 yil Afgoniston shimolidagi Juzjon provinsiyasi Shibirgon uezdidagi Khujadkuh qishlogida dehqon oilasida tugilgan. Uning otasi uzbek, onasi esa turkman millatiga mansub bulgan. Dustum uzini uzbek deb hisoblaydi va uzbekcha gapiradi.

Maktabni bitirganidan sung Dustum gaz qazib olish kompaniyasida ishlay boshlaydi. Bu kompaniya SSSR bilan hamkorlikda tuzilgan edi. 1979 yilda u SSSR yordamida Afgonistonni sosialistik davlat qilish harakatida bulgan Afgoniston khalq demokratik partiyasiga azo bulib kiradi.

1980 yilda Dustum uqish uchun SSSRga keladi va Leningraddagi harbiy akademiyada tahsil oladi. Uqishni bitirib, Afgonistonga qaytgan Dustum Afgoniston hukumatiga buysunadigan khavfsizlik idorasida ish boshlaydi. Oradan biroz utib Dustumni mamlakat shimolida yashayotgan uzbeklardan tuzilgan 53-diviziyaga qumondon etib tayinlashadi va u SSSR harbiylari Afgonistonni tark etguncha ular bilan hamkorlikda mujohidlarga qarshi jang qiladi.

Sovet qushinlari Afgonistonni tark etgandan sung u bir muddat Najibullo boshchiligidagi hukumatni qullab-quvvatlaydi. Vaqt utib Najibulloga qarshi bulgan mukholif kuchlar tomonga utadi.

1992 yilda Dustum Afgoniston shimolini tuliq uz nazoratiga oladi. Usha paytlarda Afgonistonning asosan uzbeklar yashaydigan shimoliy qismi norasmiy ravishda «Dustumiston» deb ham atalgan. U Mozori Sharif shahrini Shimoliy Afgoniston poytakhti etib tanlaydi va qarorgohini shu shaharda joylashtiradi. Usha paytda uning qul ostida SSSRda ishlab chiqarilgan tanklar, qiruvchi samolyotlar va boshqa harbiy tekhnikalar bilan qurollangan 65 ming nafar harbiy khizmatchi bulgan.

Oradan biroz utib Afgonistonni toliblar egallay boshladi. Shunda Dustum uz qushinlari bilan Shimoliy Alyans deb nomlangan koalisiyaga qushiladi. Koalisiya tarkibida Dustumdan tashqari, mamlakatning qonuniy prezidenti Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi hukumat kuchlari, shuningdek, Afgonistondagi dariylar etakchisi Ahmadshoh Masud va pushtunlar lideri Gulbiddin Hikmatyor boshchiligidagi qushinlar ham bor edi.

Bir yil davom etgan janglardan sung 1997 yil may oyida Dustumning yordamchisi Abdul Malik Faryob viloyatida isyon kutaradi va toliblar tomoniga utib ketadi. Shundan sung «Tolibon» Afgoniston shimolini ham egallaydi va Dustum Turkiyaga ketishga majbur buladi. Usha yili kuzda Afgonistonga qaytgan Dustum toliblar bilan qayta jang boshlaydi va yana engiladi. 1998 yilda yana Turkiyaga ketadi.

2001 yil Nyu-Yorkdagi teraktdan sung AQSh Afgonistonga qushin kiritadi va toliblarga qarshi kurashayotgan koalisiya bilan hamkorlikda mamlakatning asosiy qismini koalisiyaga qaytarib olib beradi. Ushanda Dustum mamlakat shimolidagi harbiy kuchlarni yana qulga oladi va AQSh qushinlari bilan hamkorlikda toliblarga qarshi faol ravishda jang olib boradi. Usha yili u Afgonistonning yangi hukumati tarkibiga kiradi.

2004 yilda Afgonistonda prezidentlik saylovlari utkaziladi va unda Dustum ham uz nomzodini quyadi. Hamid Karzay prezident etib saylangan ushbu saylovlarda Dustumga 10 foiz saylovchilar ovoz beradi va u turtinchi urinni egallaydi. 2005 yilda Dustum Afgoniston qurolli kuchlari Oliy qumondonligi bosh shtabi boshligi etib tayinlanadi.

Foto: AFP

2008 yilda uzining yaqin maslakdoshi, Afgonistondagi turkiy khalqlar ittifoqi raisi Akbar Boy bilan kelisha olmay qoladi va unga qurolli tajovuz qilgani aytiladi. Shundan sabab bosh shtab rahbarligidan bushatiladi va yana Turkiyaga chiqib ketadi.

2009 yilda navbatdagi prezidentlik saylovlari arafasida Dustum yana Afgonistonga qaytib keladi va faol siyosiy faoliyat bilan shugullana boshlaydi. Usha yili kuzda u uz lavozimiga tiklanadi hamda Afgoniston qurolli kuchlari oliy qumondonligi bosh shtabi boshligiga aylanadi.

2014 yilda Dustum Afgonistonning birinchi vise-prezidenti etib tayinlanadi. Abdul-Rashid Dustum 1989 yil general-mayor unvonini olgan. U ikki marta – 1986 va 1988 yillarda Afgoniston qahramoni unvonini olgan. Endi esa Afgonistonda uchinchi bulib marshal unvonini oldi. Uzbek millatidagi ilk vise-prezident bulgan Dustum Afgonistonda marshal unvonini ham olgan birinchi uzbek buldi.

Abdul-Rashid Dustum haqidagi, tugrirogi uning faoliyati bevosita aloqador bulgan voqealarga bagishlangan «12 kuch» filmi suratga olingan. 2018 yil katta ekranlarga chiqqan bu film amerikalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan. Filmda AQSh harbiylarining 11 sentyabr teraktidan sung Afgonistonda «Tolibon» harakatiga qarshi harakatlari haqida hikoya qilinadi. Kartinada Abdul-Rashid Dustum obraziga alohida etibor berilgan va uning rolini Hollivudning mashhur aktyori Navid Negaban ijro etgan.

Afgonistondagi uzbeklar orasida Dustum juda mashhur hisoblanadi. Unga bagishlab sherlar yozilgan, qushiqlar kuylangan.

Dustum «Tolibon»ga qarshi kurash haqida gapirar ekan toki tirik ekan Afgonistondan qushni Uzbekiston va Turkmanistonga birorta terrorchi uta olmasligini aytgan.

Afgonistondagi uzbeklar

Foto: Anadolu

Uzbeklar Afgonistondagi turt asosiy millatdan biri hisoblanadi. Bugun turli manbalarga kura Afgonistonda 2,7-3,5 million atrofida uzbeklar yashaydi. Ular asosan mamlakat shimolida, Uzbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan chegara hududlarda istiqomat qiladi. Mamlakatning markaziy hududlarida ham uzbeklar bor, ammo ular juda siyrak.

Afgonistondagi uzbeklar soni bugun takhmin qilinayotganidan ancha kup bulishi ham mumkin. 80-yillarda SSSR Afgonistonda uziga buysunuvchi hukumatni shakllantirgan paytlarda jami aholi soni 16 million, uzbeklar soni esa 2 million atrofida deb malumot berilardi. Bugun Afgoniston aholisi 38 milliondan oshgan va shunga monand uzbeklar soni ham kamida ikki barobar oshgan bulishi mumkin.

Qolaversa, mamlakat garbidagi forsiyzabonlar, sharqdagi pushtunlardan farqli ularoq uzbeklar qochqinga aylanmagan. Shu sababli ayrim manbalarda Afgonistondagi uzbeklar soni 5 millionga yaqinlashib qolgani aytiladi. Ammo bu mamlakatda ancha yillardan beri aholi ruykhatga olinmagani sabab Afgonistondagi uzbeklar soni beriladigan aksariyat manbalar takhminiy hisob-kitoblarga asoslanadi.

Afgoniston shimolidagi unga yaqin provinsiyada uzbek tili rasmiy til hisoblanadi. Mamlakatda sunggi yillarda uzbek tiliga etibor kuchaydi. Uzbek tilida kursatuvlar va eshittirishlar uzatadigan bir necha telekanal hamda unlab radiokanallar bor. Shuningdek, qushni yurtda uzbek tilida bir necha gazeta chop etiladi. Afgonistonda uzbek teatri ham bor.

Abdul-Rashid Dustum hamda uzbeklarning Afgoniston siyosiy jarayonlaridagi roli

1990-yillarda Dustum Afgoniston shimolidagi uzbeklar etakchisiga aylanganidan beri Afgoniston tepasiga keladigan har qanday siyosatchi mamlakat shimolida yashovchi kup millionli uzbeklarning saylovlardagi ovozi uchun general Dustum bilan hisoblashishga majbur.

Bugun 40 millionga yaqin Afgoniston aholisining takhminan undan birini uzbeklar tashkil etadi. Lekin gap boshqa tomonda. Turli saylovlarda Afgonistonning toliblar egaligidagi hududlarida saylov uchastkalarini tashkil etishning imkoni yuq. Mamlakat shimolida esa aksariyat hududlar hukumat nazoratida va bu hududda saylov buladi.

Qolaversa, mamlakat shimoliy qismida yashovchi uzbeklar boshqa hududlarga qaraganda saylovlarda ancha faol qatnashadi. Shundan kelib chiqilsa, Dustum tasiri ostidagi shimoliy hududlar aholisining saylovda beradigan ovozlari afgon siyosatchilari uchun juda muhim hisoblanadi.

Ana shu uchun ham Dustum ancha yillardan beri Afgonistonga rahbarlik qilib kelayotgan turli rahbarlar uchun muhim shakhs bulib qolmoqda. Dustumga berilgan marshal unvoni ham utgan yil kuzida bulib utgan saylovlarda Ashraf Ganining galaba qozonishida shimollik uzbeklar bergan ovozlar muhim rol uynagani uchun mukofot bulishi ham mumkin.

Uzbekistondagi madaniy hayotining Afgoniston uzbeklariga tasiri

Foto: Uzbekiston prezidenti matbuot khizmati

Uzbekiston madaniy hayoti bevosita Afgoniston shimolidagi yashaydigan uzbeklarning hayot tarziga tasir qiladi. Uzbekiston sanatkorlari va telekanallari bu hududda juda mashhur va ommabop. Bozorlardan uzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan film va seriallar, shuningdek turli khonandalarning konsert dasturlari yozilgan disklarni bemalol topish mumkin. Bu mintaqada uzbek tilida bir necha telekanal bor. Shuningdek, kupchilik oilalar Uzbekiston telekanallarini tomosha qilishni afzal kurishadi. Uzbekiston telekanallari tugridan tugri kursatilmaydigan hududlarda ularni suniy yuldoshlardan tulqin ushlaydigan antennalar orqali tomosha qilishadi.

Sunggi yillarda Uzbekiston Afgonistondagi uzbeklar bilan aloqalarni yakhshilamoqda. 2014 yilda Uzbekiston Afgonistondagi uzbek uquvchilari uchun maktab qurib bergan edi. 2017 yil 10 sentyabr kuni Qozogiston poytakhti Ostona shahrida «Islom hamkorlik tashkiloti» sammiti doirasida Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov va Afgoniston prezidenti Ashraf Gani uchrashganida ikki mamlakati urtasidagi uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Termizda afgon fuqarolarini uqitishga muljallangan uquv markazini tashkil etish buyicha kelishuvga erishiladi.

Vazirlar Makhkamasining 2017 yil 13 noyabrdagi «Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta makhsus talim vazirligi huzurida Afgoniston fuqarolarini uqitish talim markazi faoliyatini tashkil etish tugrisida»gi 911-sonli qaroriga muvofiq ishlar boshlab yuboriladi. Markaz uchun Termiz tumani sobiq Yangiariq kasb-hunar kolleji binosi ajratib berildi. Kollej qayta rekonstruksiya qilinganidan sung bu erda afgonistonlik yoshlar uqishga qabul qilindi. Qushni yurtdan kelgan talabalarning aksariyatini uzbek millatiga mansub yoshlar tashkil etadi.

Bugun markazda talim olayotgan talabalarga Afgoniston tomoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Uzbekiston Respublikasi talim tizimida qabul qilingan normalarga asosan Oliy va urta makhsus talim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan uquv rejalari va dasturlariga muvofiq 18ta oliy talim yunalishlari va 19ta urta makhsus, kasb-hunar talimi yunalishlari buyicha talim berilmoqda. «Uzbek tili va adabiyoti» yunalishida tahsil olgan 96 nafar talaba bakalavr diplomi olishga ham ulgurdi.

О нас

Яна маълумот

safrovnov

Safronovning advokatlari tergov sirini oshkor etmaslik tugrisida tilkhat imzolashdan bosh tortdi

«Roskosmos» rahbarining davlatga khiyonatda ayblanayotgan maslahatchisi, jurnalist Ivan Safronovning himoyachilari tergov sirini oshkor etmaslik tugrisidagi …