6e107587df366682bc946a7c97ed1d12Afgoniston uziga majburlab kiritilgan “birodarlar urushi va qon tukilishidan” charchadi. Bu haqda Afgoniston sobiq prezidenti Hamid Karzay Sputnik’ga bergan intervyusida malum qildi.

Siyosatchining suzlariga kura, afgon inqirozidan chiqish “urushni keskinlashtirishga emas, balki Afgonistonda tinchlik, khavfsizlik hamda barqarorlikni urnatishga yordam beruvchi yul”, “milliy totuvlik yuli” bulishi kerak, sababi khalq uz davlatini tinch va farovon sifatida kuradi.

Biroq, sobiq prezident fikriga kura, “afgon jamiyatida keskinlikni oshirishga” harakat qilayotgan kuchlar bor. “Kimga bu kerak? Kim buning ortida turibdi?… Afgonistonliklarning uzimi yoki Afgonistondan ketishni istamayotgan khorijiy kuchlarmi? Men shuni bilamanki, bu afgonlar emas. Men afgon khalqi tinchlik va totuvlikni khohlashini ham bilaman”, – deya malum qildi Karzay.

Afgoniston sobiq prezidentining takidlashicha, Kobul Afgonistonda harbiy amaliyotlar davom etishiga qatiy qarshi, sababi bunday harakatlar tinch aholiga khavf solmoqda hamda yangi qurbonlarga olib keladi.

Karzayning qayd etishicha, “khorijiy kuchlarning borligi khavfsizlikni taminlovchi omil emas”. Sobiq prezident suzlariga kura, Kobul Afgonistonga amerikaliklar va ularning ittifoqchilari 2001 yilda kelganida, tinch hayot boshlanishiga haqiqatdan umid qilgan. Biroq qushinlarni kiritish salbiy oqibatlarga olib keldi. “Terrorizm nafaqat yuq qilinmadi, balki yanada keng kulamga ega buldi, bu yangi vayronalar hamda insonlarning halok bulishiga sabab buldi”, – degan u.

Karzayning ishonch bildirishicha, AQSh Afgonistonga uz qushinlarini bu davlat khalqiga yordam berish uchun emas, balki “uz khavfsizligini taminlash maqsadida” kiritgan. “Agarda AQSh Afgonistondan uzining global maqsadlariga erishish maqsadida foydalanmoqchi bulsa, unda boshqa vositalarni izlab kursin!” – deya takidlab utdi u.

Afgoniston sobiq rahbari “Tolibon” va IShID urtasidagi farqni ham takidlab utdi. Siyosatchining malum qilishicha, IShID – khalqaro terrorchilik tashkiloti, “Tolibon” esa – afgonlar. Uning fikriga kura, “Tolibon” bilan sulhga erishish yulini topish kerak, IShIDni esa afgonlar mamlakat hududidan haydab chiqarishi lozim.

Siyosatchining intervyuda takidlashicha, Rossiya Afgonistondagi tinch jarayonga kumak kursatishi hamda mamlakatning barqaror rivojlanishida muhim omilga aylanishi mumkin.

“Biz uchun Rossiya bilan munosabatlar hayotiy muhim ahamiyatga ega, hamda Afgonistonda hukumat qanday bulmasin, u bu munosabatlarni saqlab qolishi, rivojlantirish va mustahkamlashi kerak”, – deya takidlab utdi u.

Afgoniston sobiq rahbari harbiy mojaroga echim topish yullari haqidagi savolga javob berar ekan, mamlakat “mintaqaviy raqobat emas, balki hamkorlik obekti” bulishi kerakligini takidlab utdi. Respublika hukumati shuni yakhshi tushunmoqdaki, siyosiy inqirozdan chiqish – afgon khalqining “uz yulidir”.