Главная / Jamiyat / Abiturient–2019: Navoiydagi qabul jarayonlarida ham muammolar va tartibsiz navbatlar yuzaga kelmoqda
<

Abiturient–2019: Navoiydagi qabul jarayonlarida ham muammolar va tartibsiz navbatlar yuzaga kelmoqda

Hozirda yurtimizdagi barcha oliygohlarda qabul jarayonlari bulib utmoqda. Aytish joizki, bu yilgi qabul jarayonlari har yilgidan farq qilmoqda. Turli yangiliklar, qulayliklar bilan birga ayrim muammolar ham kuzatilmoqda.

Kun.uz saytida respublika oliygohlaridagi qabul jarayonidan reportajlar, mavjud muammolar haqida turkum maqolalar berib borilmoqda.

Tahririyat mukhbiri tomonidan bu boradagi navbatdagi urganish Navoiy viloyatida olib borildi.

Ushbu viloyatda ikkita – Navoiy davlat pedogogika va Navoiy davlat konchilik institutlari bor. Ikki institutda ham ayni vaqtda abiturientlarda hujjat qabul qilish ishlari ayni avj pallasida.

Abiturientlar va ularning ota-onalariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida dastlab Navoiy davlat pedogogika institutida buldik.

Tan olib aytish kerakki, boshqa oliygohlardagi bulgani kabi bu erda ham tartibsiz, uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelgan. Jazirama issiqda abiturientlar uzoq vaqt tik oyoqda uz navbati kelishini kutmoqda. Qabulning sunggi kunlari yaqinlashgani sari bu navbatlar yanada kattalashib, qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Khush, muammo nimada?

Institut qabul komissiyasi masul kotibi Javlon Samandarovdan izoh suradik.

«Katta navbatlarning hosil bulishi bizga bogliq emas. Davlat test markazi bazasi ishlamay qolishi va ishlagan vaqti ham qotib qolishlar kuzatilayotganligi tufayli shunday holat yuzaga kelmoqda. DTM serveri ishlamaganidan keyin biz ham ojiz qolayapmiz. Uzimizga bogliq muammo bulsa, darhol bartaraf etamiz. Abiturientlar va ularning ota-onalari, yaqinlari uchun barcha sharoitlar tashkil etilgan. Faqat DTM bazasidagi uzilishlar asosiy muammo va bu uz navbatida boshqa salbiy holatlarni ham keltirib chiqarmoqda», – deydi Samandarov.

Ammo bu birgina muammo emas edi. Bankka tulovni amalga oshirish jarayonida ham katta navbat va tartibsizlikni kuzatish mumkin. Malum bulishicha, tulovlarning bank bazasida kurinishida ham muammolar uchrayapti.

«Elektr energiyasi va internetdagi uzilishlar tufayli shunday holat yuzaga kelmoqda. Internet yakhshi ishlamaganidan keyin bankda tulovlar ham kurinmayapti. Shuning uchun navbatlar yuzaga kelmoqda», – deydi biz bilan suhbatda «Agrobank» Navoiy shahar filiali masul khodimi Ganisher Rahmatov.

Institut qabul komissiyasi masul kotibi Javlon Samandarovning takidlashicha, boshqa jarayonlarda muammolar yuq. Hujjatlarni ruykhatdan utkazish khonasi, veb kamera khonasi, akhborot maslahat markazlari va abiturientlarga tulov kvitansiyalari chiqarish, DTM bazasiga kirish uchun alohida makhsus khonalar tashkil qilingan. Khonalar kompyuter, printer, skaner, nuskha kupaytirish apparati, faks, telefon, seyf va boshqa tekhnik vositalar bilan jihozlangan.

Abiturientlar va ularning ota-onalarini qabul qilish, ularni murojaatlarini belgilangan tartibda ruykhatga olish, murojaatlarni kurib chiqish va hal etish maqsadida «Call-center» alohida khonalari ajratilgan. Shuningdek, ota-onalarning hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Shundan sung, Navoiy davlat konchilik institutidagi qabul jarayonlari bilan tanishdik.

Tan olib aytish kerak, ushbu oliy talim muassasasida qabul ishlari birmuncha yakhshi tashkil etilganligiga guvoh buldik. Navbatlar bulsa-da, ortiqcha tartibsizliklar yuq.

Bu erda ham asosiy muammo yuqoridagi kabi DTM bazasi va internetdagi uzilishlar, bank tulovlarini kech kurinayotganligidir.

«Bu kabi holatlar abiturientlar va ularning yaqinlari, ota-onalarining noroziligi, etirozlariga sabab bulmoqda. Ularga yuzaga kelayotgan vaziyatni tushuntirib, ishlarni olib boryapmiz», – deydi Navoiy davlat konchilik instituti qabul komissiyasi masul kotibi Sh.Babaev.

Kurinib turibdiki, Navoiy viloyatidagi oliy talim muassasalaridagi qabul jarayoni asosiy muammolar tekhnik uzilishlar tufayli yuzaga kelmoqda.

Bardoshbek SAMAD ugli,
Kun.uz mukhbiri

О нас

Яна маълумот

qcExCbuCfcfGBJhWOW-X1beLRUotTAbT

Pulat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi

Uzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov “Uzbekiston 24” telekanaliga Jasliq koloniyasi tugatilishi haqida intervyu …