Главная / Madaniyat / Alo surasi tafsiri

Alo surasi tafsiri

suraNozil bulgan joyi: Makka.

Oyatlar soni: 19.

Tartib raqami: 87.

Sura manosi: eng oliy, nihoyatda ulug.

Sura fazilati: Ali roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alo surasini yakhshi kurar edilar” (Ahmad, Bazzor va Ibn Mardavayh rivoyati. Rivoyat sanadi zaif).
Numon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam ikki iyd va juma namozlarida Alo va Goshiya suralarini uqir edilar. Agar (iyd) juma kuniga tugri kelib qolsa, ikkisini jamlardilar” (Muslim, Sunan sohiblari va Ahmad rivoyati).

Bismillahir rohmanir rohiym

1. (Ey Muhammad,) eng ulug Parvardigoringiz ismi bilan tasbeh ayting!

Ey Muhammad, Siz eng oliy Parvardigoringiz ulugligi, zoti, sifati va ismlariga loyiq bulmagan kamchiliklardan pok ekanini etirof etib, Allohni zikr qiling!

2. U yaratib, mukammal qildi.

Alloh butun koinot va mavjudotni mukammal qilib yaratdi. Uning yaratishida biron kamchilik yuq. Yaratganlari ichida insonni eng mukammal va chiroyli qildi, unga aql-farosat berdi.

3. U belgilab quydi va hidoyat qildi.

Alloh taolo mavjudotlar turi, sifati, harakati, rizqlari va ajallarini belgilab quygan. Har bir narsa Alloh dargohida ulchovlidir. Shuningdek, Alloh mavjudotlarni uzlari uchun foydali narsalarga ilhomlantirdi, insonlarni tugri hayot kechirishga boshladi, hayvonlarni utlashga, bolasiga gamkhurlik qilishga ilhomlantirdi.
Alloh taoloning bu ilhomlantirishini ilmiy tilda “tugma instinkt” deyishadi. Ana usha narsani makhluqotlarga Alloh taolo singdirgan.

4. U utloqni (undirib) chiqardi.

Alloh taolo hayvon va hasharotlarga emish bulishi uchun yam-yashil maysazor va utloqlarni paydo qildi.

5. Sung uni qoramtir khazon qilib quydi.

U Zot bahor va yoz fasllarida kuzni quvnatuvchi yam-yashil ut-ulanlarni kuzda jigarrang-qoramtir tusdagi khazonga aylantiradi.

6. (Ey Muhammad,) Biz Sizga Quronni uqitamiz, keyin uni unutmaysiz.

Yani, Biz Sizga qiroatni ilhom qilamiz va uqigan narsangizni unutmaysiz.

7. Faqat Alloh khohlaganini (unutasiz). Albatta U oshkora va makhfiy narsalarni biladi.

Qachon Alloh khohlasa, Siz Qurondan biron narsani unutasiz. Zero, U Zot Sizning qalbingiz va aqlingizga ega, sir-asrorlaringizdan khabardordir. U Zot ochiq va makhfiy ishlarni kuradi, suzlarni eshitib turadi.

8. Biz Sizni oson (yul)ga yullab quyamiz.

Ey Muhammad, Sizni eng engil yulga, qalblar qabul qilishi va aqllar fahmlashi oson bulgan dinga, mashaqqatdan kholi bir shariatga yullab quyamiz. Shuningdek, Sizga jannatga olib boruvchi amallarni oson qilamiz. YOd olib, amal qilishingiz uchun Sizga vahiyni oson qilamiz.

9. Agar eslatma manfaat bersa, eslating!

Agar eslatma foyda bersa, kishilarni yakhshilik yuliga chaqiring, ularga din ahkomlarini tushuntiring.

10. Qurqadigan (banda) eslatma oladi.

Siz aytadigan vaz-nasihatlardan taqvosi bor odam eslatma oladi.

11. Badbakht kimsa esa uzini undan chetga oladi.

Hoyu havosiga ergashgan, kufr va shirkda oyoq tirab olgan badbakht esa, bu eslatmalardan uzini olib qochadi.
Qatoda rahmatullohi alayh yuqoridagi ikki oyat haqida shunday degan: “Allohga qasamki, qaysi bir banda Allohdan qurqsa, U Zotni eslaydi. Agar Alloh zikridan “behojat” ekanini izhor qilib, zikr va uning ahlini yomon kursa, unda bakhtsizlardan biriga aylanadi” (Ibn Jarir rivoyati).

12. U katta olovga kiradi.

Nasihatlardan buyin tovlovchi sarkash banda jahannamga kiradi. “Kichik olov” dunyodagi olovdir. Dunyodagi olov jahannam olovining etmishdan biriga teng.

13. Sungra u erda na uladi va na yashay oladi.

Bunday kimsa jahannamda abadul abad azoblanadi – na ulib qutuladi va na bakhtli hayot kechira oladi.

14-15. Uzini poklagan va Parvardigori nomini zikr qilib, namoz uqigan banda, albatta najot topibdi!

Nafsini shirk, kufr va masiyatlardan saqlab, Allohga imon keltirgan, U Zotni zikr qilib yuradigan, besh vaqt namozni kanda qilmaydigan bandaning muvaffaqiyat qozonishiga shubha yuq.

16. Lekin sizlar dunyo hayotini ustun quyasizlar.

Odamlarning kupi dunyoni okhiratdan ustun quyadi. Lekin soglom aql okhirat dunyodan afzal ekaniga dalolat qiladi. Abu Muso Ashariy roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Kim dunyosini yakhshi kursa, okhiratiga zarar etkazibdi! Kim okhiratini yakhshi kursa, dunyosiga ziyon keltiribdi. Shunday ekan, utkinchi (dunyo)dan boqiy (okhirat)ni ustun quyinglar!” (Ahmad rivoyati. Imom Zahabiy hadis sanadi sahih ekanini aytgan).

17. Vaholanki okhirat yakhshiroq va boqiyroqdir.

Ibn Kasir aytadi: “Alloh okhirat diyorida beradigan savobi dunyodan yakhshiroq va boqiyroqdir. Zero, dunyo utkinchi va past darajada, okhirat esa boqiy va martabasi ulugdir. Shunday ekan, aqlli kishi qanday qilib utkinchi narsani abadiysidan ustun quyadi, yaqin orada qulidan ketuvchi narsaga qattiq boglanib, boqiylik diyori bulgan okhiratga beparvo qaraydi?!” (“Tafsiru ibni kasir”).

18-19. Albatta bu avvalgi sahifalarda – Ibrohim va Musoning sahifalarida ham bordir.

Allohning dini bitta. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga tushirilgan amr, qaytariq, vada va ogohlantirishlar avvalgi paygambarlar, khususan Ibrohim va Muso alayhissalomlar sahifalarida ham bulgan.
Oyatning manosi quyidagicha: anavilar Ibrohim va Musoga imon keltirganlarini davo qilayotgan ekanlar, demak Muhammadga ham imon keltirishlari lozim. Chunki u Ibrohim va Muso olib kelgan narsalarni keltirdi.

Odilkhon qori Yunuskhon ugli

Oyatdagi “uzini poklash”ni salaflar turlicha tushuntirishgan. Jumladan, Ibn Abbos “shikrdan poklanish”, Ikrima “Laa ilaaha ilalloh”, deyish, Ato “imon keltirish” yoki kup istigfor aytish”, Qatoda esa “solih amallar bilan qalbni poklash” deb izohlagan.

Bazi mufassirlar oyatdagi “uzini poklash”ni “fitr sadaqasi berish”, “namoz uqish”ni esa “iyd namozini uqish” deb tafsir qilishgan.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …