Главная / Jahon / AQSh va Kanada chegarasi 21 noyabrgacha ochilmaydigan buldi
<

AQSh va Kanada chegarasi 21 noyabrgacha ochilmaydigan buldi

Kanada-Amerika chegarasi 21 mart kuni yopilgandi. Ushanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ushbu cheklov ikki mamlakat fuqarolarning chegarani kesib utishi khavfsiz bulishiga ishonch hosil qilmagunicha amal qilishini aytgandi.

Foto: AFP

Kanada va AQSh hukumatlari koronavirus pandemiyasi fonida chegaralarni 21 noyabrgacha ochmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Kanada ijtimoiy khavfsizlik va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni taminlash vaziri Uilyam Bler malum qildi.

“Biz AQShga zarur bulmagan safarlarga quyilgan taqiqni 2020 yil 21 noyabrgacha uzaytirmoqdamiz”, – deb yozdi u Twitter sahifasida.

Blerning izohlashicha, bu pandemiya davrida ikki mamlakat aholisining khavfsizligi uchun zarur.

Kanada-Amerika chegarasi 21 mart kuni yopilgandi. Ushanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ushbu cheklov ikki mamlakat fuqarolarning chegarani kesib utishi khavfsiz bulishiga ishonch hosil qilmagunicha amal qilishini aytgandi. Kanada va AQSh chegarasini kesib utishga quyilgan taqiq muddati 21 oktyabrda nihoyasiga etishi kerak edi.

Kanada va AQSh dunyoda eng uzun quruqlik chegarasiga ega, chegaraning uzunligi qariyb 9 ming km.

О нас

Яна маълумот

safar-hotel-1

Tojikiston mehmonkhonasi Dushanbe shahrida

Safar mehmonkhonasi – bu Dushanbe shahridagi 3 yulduzli mehmonkhona va Ispechak makhalidagi Sino tumani hududida …