Главная / Jahon / «AQShda kursatma bajarilmasa, otib tashlash huquqi berilgan. Bizda unday emas-ku!» – Alisher Qodirov Oltinsoy voqeasi haqida
<

«AQShda kursatma bajarilmasa, otib tashlash huquqi berilgan. Bizda unday emas-ku!» – Alisher Qodirov Oltinsoy voqeasi haqida

«Milliy tiklanish» partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi raisi Alisher Qodirovning Surkhondaryo viloyati Oltinsoy tumanida ruy bergan nizoga munosabati ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab buldi.

Partiya etakchisining fikricha, 14 fevral kuni ruy bergan holat «bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qupol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur etkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bulgan jinoyat sifatida baholanishi kerak».

U «sunggi yillarda mamlakatda inson manfaatlari ustuvorligi, huquq va erkinliklarini taminlash, turmush sharoitlarini uzgartirish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar» haqida gapirib, qonun ustuvor bulgan davlatlardagina khalqqa samarali khizmat qilish mumkinligini aytgan.

«Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak», – deya talab qilgan Alisher Qodirov.

  • Bosh prokuratura Oltinsoydagi aholi va hokimiyat vakillari urtasidagi tuqnashuv yuzasidan bayonot berdi

Shundan sung deputat Facebook’dagi ushbu postiostiga qoldirilgan etirozli mulohazalarga munosabat bildirgan.

– Essiz ishonch!..
– Afsus qilmang. Tuzatib bulmas khato emas. Zudlik bilan tuzating…

– Avvalo sabablarni, vaziyatni urganib chiqish shart! «Davlat khizmatchisini uz vakolatini amalga oshirishga tusqinlik qilish» degan moddani tirkab quymasdan.
– Uyingizga kimdir tovuqkhona qurib olsa, kimga murojaat qilasiz? IIV! U sizning huquqingizni tiklash uchun uyingizga kelsa-yu, boyagi tovuqkhona egasi ketmon bilan savalasa… Khalqning uyi buzilmayapti! Fermerning huquqi tiklanyapti.

– Tovuqkhona qurishga rukhsat bergan fermer-chi? U nima qilib utirgandi tovuqkhona qurilayotgan payt? Ushanga chora kurish kerak.
– Tugri, fikringizga tuliq qushilaman.

– Bu uylar bir kunda qurilib qolmagan. Nega usha tuman hokimligi masullari jim qarab turishgan qonun buzilishiga? Ikkinchidan, khalqni sovuq qish kunlarida urib qaqshatib, usha joydan haydash qanchalik tugri? Uchinchidan, usha erlik aholi noqonuniy uy quribdi ham deylik. Hokimiyat vakillari va IIB khodimlari kelib zuravonlik qilishlarini siz yoqlab chiqqaningiz tushunarsiz, urtoq deputat.

– Birinchidan, hech kim uyni buzishga bormagan. Tushuntirishga borgan. Ikkinchidan, jinoyat va huquqbuzarlikning ikkita ishtirokchisi buladi. Bir tomoni – usha erdagi rahbarlar, etirozim yuq, ular javob beradi. Ikkinchi tomoni kim? Qushimchasiga, jamoat tartibini buzganlik uchun kim aybdor?

Men hali uy buzilishi va holatning kelib chiqishiga sabab bulganlar haqida gapirganim yuq! U alohida mavzu! Men jamoat tartibini buzganlar, davlat khizmatchisini kaltaklagan beboshliklarga munosabat bildirdim. Hech kimning haqman deb kimnidir, ayniqsa vazifasini bajarayotgan khodimni kaltaklashga huquqi yuq. Bu jazosiz qolsa, ertaga hamma masalasini kuch bilan hal qiladimi? Men shunga qarshiman!

– Hurmatli deputat Alisher Qodirov! Siz shamol qay tarafga essa, usha tomonga qayriladiganlardansiz. Uzr, khafa bulmang. Haqiqatan ham shunaqasiz.
– Khafa bulmadim. Bu ham bir fikr-da… Aksini kup eshitganim uchun etibor bermay quyaqolaman.

– Usha uylarning hammasi kecha osmondan tushmagandir… Nega uz vaqtida aytilmagan?
– Adolat qonunga amal qilish orqali amalga oshadi. Qonun adolatsiz bulsa, uzgartiriladi, tashabbus qilinadi. Ur-yiqit bilan adolat izlanmaydi. Bu masalada yaqinda qonun uzgaradi.

– Shakhsan sizni yomon kuraman, partiyani emas.
– Partiyani yakhshi kurishingiz etadi. Hamma bir-birini yakhshi kurishi mumkin emas. Vaziyatga kelsak, sotgan ham, olgan ham qonunga zid ish qilgan. Javob berishi kerak. Melisani urganlar ham javob berishi kerak. Haqlik kaltaklashga huquq degani emas!

– Ayb bechora kambagal khalqda emas, kuproq ayb qorniga ut tushgur mansabdorlarda. Hokimiyat, kadastr tashkilotlari uzlari khalqni shu ahvolga olib kelishgan. Ularga pul bersangiz buldi, khohlagan joydan hujjat qilib berishadi. Buni kurgan avom khalq boshqa nima qilardi?.. Nima uchun erni faqat hokimlar pullashi kerak?
– Er munosabatlari ogir dardga aylandi. Echimlari buyicha qonunchilik uzgartirilyapti. Nima bulganda ham, khizmat vazifasini bajarayotgan khodimlarga kuch ishlatish jinoyat. Bu voqeaning ortidan albatta aybdorlar aniqlanadi. Vakolatini sotgan ham, intizomni buzgan ham javobini olishi kerak. Aksincha, biz talashayotgan erning uzi bulmaydi. Erimizdan foydalanish uchun qaerlardandir, kimlardandir borib rukhsat olib kelishga tugri keladi.

– «Khalq saylagan deputat», aytingchi, qani qonun ustuvorligi?
– Amaldagi qonun buyicha erni egallab olish va melisani urish mumkinmas. Qonunga zid egalik bulishi mumkinmas. Zuravonlik jazolanadi. Odamlar qiynalmasin deb noqonuniy qurilishlarga bir muddat amnistiya ham elon qilindi! Nima qilib uzgartiraylik? Taklif bormi?

– Ey deputat! Qonun faqat bir tomonlama ishlashi kerakmi? Sani ham birov kelib, Rossiyada itdek ishlab qurgan uyingni bitta qaror bilan buzib tashlasa, keyin kuramiz! Toshkentda kabinetda utirvolib, feysbukda yozmasdan, bor-chi oldilariga, nima gap, nima suz, nima muammo deb! Hammang utirvolib fikr bildirasanlar kholos. Sanlarni shunga saylaganmizmi?
– Itdek ishlab topgan pulni itga tashlash kerakmi? Nega uziniki bulmagan joyga uy qurish kerak? Itdek ishlab topgan pulni qadriga kuproq etish kerak emasmi? Qonun ustuvor bulsagina uzgarish buladi, bulmasa talashib yuraveramiz. Erlarimizga akalar egalik qiladi. Men kabinetda utirvolganim yuq! Bilmagan gapni ogizni tuldirib gapirmaslik kerak. Feysbukda nima yozishni menga urgatish kerakmas. Yakhshiroq tushunaman deb uylayman.

– Qonuniy degani adolatli degani emas. Buni ham mendan yakhshi bilsangiz, khursand bulardim!
– Adolat qonunga amal qilish orqali amalga oshadi. Qonun adolatsiz bulsa uzgartiriladi, tashabbus qilinadi. Ur-yiqit bilan adolat izlanmaydi. Bu masalada yaqinda qonun uzgaradi.

– Alisher Qodirov, sizga ishonchim boshqacha edi shu kungacha. Afsus, asl qiyofangiz ochilib qolibdi. Qonunni rukach qilib, yana oddiy qora khalqni jazolashga chaqiryapsiz. Agar zarracha adolatga intilishingiz bulganida, usha tuman masullarini jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirgan bulardingiz. Shu insonlarga kimdir porasini olib, sokhta rukhsatnoma qilib bergan-ku. Uzbekistonda hech kim uzboshimchalik bilan uy qura olmaydi. Buni hamma biladi, tepada utirganlarning hurmatini qozonish maqsadida butun bir millatning lanatiga uchrab qolmang.

– Mehribonligingiz uchun rahmat. Men «qora khalqni» jazolashga chaqirmadim. Umuman bunaqa suz lugatimda yuq. Jamoat tartibini buzganlar jazolanishi shart. Ertaga sizni ham kimdir tartibga chaqirganingiz uchun kaltaklasa, «qora khalq-da, jabrdiyda, kechiramiz», deysizmi?

Suyagi sinib yotgan melisa ham kimningdir ugli-ku, u sotmagan-ku erni? Umuman, guruh tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan-ku! Hamma shunday qilaversa, nima buladi? Davlat uzining porakhur vallomatlarini ruykhat qilib, chora kuradi. Lekin hamma uz masalasini kuch bilan hal qilishni boshlasa, nima buladi?

– Voqea joyiga darhol deputatlik komissiyasi chiqib, masalaga jurnalist va bloggerlarni jalb qilgan holda oydinlik kiritish va boshqa bunday holatlar riskini yuq qilish kerak.
– Keyingi haftada ishchi guruhi viloyatga chiqadi.

– Qonuniy tekshirib, adolatli qaror chiqarish kerak deb yoziladi. Gap boshidayoq khalqni aybdorga chiqarmay. Sizdan boshqa gap ham kutmaymizku. Baribir.
– Khalqni aybdorga chiqarmadim. IIV khodimlarini kaltaklagan bir guruh fuqarolar – khohlasangiz ham, khohlamasangiz ham aybdor. YOki unday emasmi?

– Qonunni yakhshi bilmaydigan khalqning oldiga borib, uyingni buzamiz deb aytgandan keyin bunday holat yuzaga kelishi tabiiy holat emasmi? Amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonunlar bilan aholi qanday tanishtirilmoqda?
– Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Odamlarning huquqiy savodkhonligi 19-asrda qolib ketgan. Bu eng ogriqli nuqtalarimizdan.

– Men davlat khodimini urgan odamlarni oqlamoqchi emasman. Qonun oldida hamma teng. Lekin qonun himoyachilari qonunni uzlaridan kamroq tushunuvchi khalqning oldiga borganda khalq bilan har tomonlama yuksak madaniyat bilan muomalada bulishlari kerak. Oddiy khalq oldida uzini osmon tutuvchi mansabdorlarimiz ham bor, aynan shu davlat khizmatchilari borgan erlarida odamlarning noroziligi ortib ketishiga sabab bulishmoqda. Hamma gap tugri tushuntirish ishlari olib borilmaganida.
– Bilmaysiz-ku, nima bulganini. Hozir mansabdormi, IIV khodimlarimi – odamlardan kaltak esa ham hech narsa qilolmayapti. AQShda kursatma bajarilmasa, otib tashlash huquqi berilgan. Bizda unday emas-ku! Davlat khizmatchilari ham dushmanlar emas! Ular ham uzimiznikilar.

– Saaal khalq tarafda bulsez yakhshi bulardi, khalq tarafidan ikkinchi urinishda saylangan urtoq deputat. Vaziyatga oqilona va odilona huquqiy baho bermasdan, shu qisqa muddatda qayoqdan bilaqoldingiz bechora dehqonlarning qupol qonunbuzarlik qilganini?
– Saaal emas, tamoman halq tarafidamiz urtoq! Bilaqolganimiz uchun gapiraqoldik. IIV khodimini kaltaklagan bir necha fuqaro khalq emas, huquqbuzarlar. Usha kaltaklangan khodimlar ham khalqqa khizmat qilish uchun, qonun ustuvorligini taminlash uchun borgan usha joyga. Ular ham khalq! Er masalasidagi muammolar urganib chiqildi, qonunchilikka uzgarishlar ham kiritilyapti.

– Kim sayladi uzi shu turqi sovuqni?
– Siz aniq saylamagansiz. 83 ming saylagan odamni behurmat qilish kerakmas. Mehmonga chaqiraman, tanishib olaylik. Turqim juda siz tasavvur qilganchalik sovuq bulmasa kerak.

– Khalqning huquqini deputat himoya qilish deputatlarning ishi emasmi? Nega vaziyatga bir tomonlama baho beryapsiz, borib gaplashdingizmi uzi?
– Melisani urib, muammolar kamaydimi endi? Khalq manfaatlari uchun ishlash vazifamiz, huquqbuzarlarni himoya qilish advokatlar vakolatiga kiradi. Noqonuniy qurilishlarni rasmiylashtirish uchun amnistiya elon qilindi, tushuntirish olib borildi, endi nima qilish kerak?

– Khodimni kaltaklash tugri emas, lekin kaltaklangan faqat khodim ham emas. Yuzi qonga belangan oddiy fuqarolaram bor. Haq odam bilganini qilishi notugri. 
– Nima bulganda ham khodimni kaltaklash tugri emas. Agar shu bilan muammo hal bulganida tushunish mumkin edi. Qolaversa, nimaga khalq? Bu erda 5 huquqbuzar odam haqida gap boryapti. Haq odam bilganini qilaverishi kerakmi?

– Alisher aka! Sizga umid katta yoshlar tomonidan…
– Ishonchingiz men uchun qadrli. Khalq nomidan turtta beboshni davlatga tosh otishiga «tukhta» demasak, ertaga nima buladi? Huquqiy madaniyatni uzgartiramiz. Noqonuniy qurilish – amnistiya, zuravonlik – kuz yum, tovlamachiga uz quli bilan pul bergan – davlat hisobidan qaytarib ber, noqonuniy er uzlashtirib ol – hokim aybdor… Biz qachon khalq bulamiz uzi! Qachon davlat bulamiz bu ketishda!

– Demak, tushunishimcha, faqat fuqarolar ayb qiladi, organ khodimlari ayb qilsa ham, haqqini talab qilgan aybdor, tugri tushundimmi, janob?
– Organ khodimidan huquqini urmasdan talab qilish kerak, janob. Urib talab qilsangiz, huquqbuzar bulib qolasiz, muammo bittaga kupayadi.

– Sizdan yana nima kutish mumkin? Khalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha shu ahvol.
– Khalqni ayblash hech kimning qulidan kelmaydi. Khalq ayblaydi. Qozi ham, amaldor ham khalq nomidan ish qiladi. Davlat khizmatchisiga kuch ishlatish mumkinmas. Khalq shunday qonunni maqullagan.

Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz… Saylamasangiz ham mayli. Fikringizdan juda ham tasirlanganim yuq.

– Unda nega deputatsiz? Yigishtiring karamshurvaningizni. Tasirlanish uchun minimum gurur bulishi kerak. Demak, siz saylanmagansiz, tayinlangansiz.
– Menga ovoz bergan saylovchilar bu fikrda emas. Siz ulardan emassiz. Karamshurvangizni ovoz bergan deputatingiz bilan muhokama qiling. Khohlasangiz, Oliy Majlisga keling, uchrashtirib quyaman. Gurur masalasida maslahat berish uchun hali yoshroqsiz deb uylayman, biroz ulgayishingiz kerak.

– Bular saylanib olguncha-da. Kurdingizmi, 90 gradusga uzgarganini…
– Men uzgarganim yuq. Uzgarmayman ham. Khavotir olmang, vadalar bajariladi

О нас

Яна маълумот

f7bfQyknIvtl2VF4MhgVtaZ-kmVmHDFv

Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan buldi. Berni …