Главная / Jahon / AQSh-Turkiya munosabatlarining istiqbollari, Suriyadagi Rossiya siyosati. Jahon matbuoti sharhi

AQSh-Turkiya munosabatlarining istiqbollari, Suriyadagi Rossiya siyosati. Jahon matbuoti sharhi

Bayden mamuriyati davrida amerika-turk munosabatlari qanday tus oladi? Rossiyaning Suriyadagi siyosati qanday oqibatlarga olib keldi? Jahon matbuoti ruknida shu haqda suz yuritiladi.

Turkiya – AQSh munosabatlari qanday tus oladi?

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushugli bilan yakkama-yakka uchrashuvi chogida Turkiyani Rossiyaning C-400 raketaga qarshi qurolini sotib olishdan voz kechishga chaqirdi, deb yozadi The Al-Monitor nashri. NATO tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda utgan uchrashuvi chogida AQSh davlat departamenti agarda Turkiya rus raketaga qarshi C-400 qurilmasini sotib oladigan bulsa, bu Turkiya tarafi uchun iqtisodiy jazo choralari qullanilishidan ogoh qildi.

NATOning boshqa azo mamlakatlari Turkiyaning rus mudofaa tizimi qurollarini sotib olishiga rasmiy Vashington utgan davrda hech qanday bir jazo kurmay kelganidan norozi bulib keldi va rasmiy Vashington 2020 yilning 14 may sanasida CAATCA dasturida nazarda tutilgan bandlar buyicha Turkiya mudofaa tizimiga qurol-yarog sotib olish bilan shugullanadigan qumitaga iqtisodiy jazo qulladi.

Anqara AQShning bosimiga qaramasdan ikki taraf urtasidagi muloqot chogida rus qurol-yarogi borasida uz siyosatini uzgartirmasligiga ishora qildi. Uchrashuvdan sung Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushugli matbuot anjumanida C-400 tizimi allaqachon sotib olingani va shartnoma yopilganini  malum qilar ekan, AQSh tarafi bilan qurol oldi-sotdisini tekhnik masalalarini urganish bilan shugullanadigan komissiya tuzish taklifini bildirdi.

Komissiya tuzishning bosh maqsadi esa Turkiya C-400 raketaga qarshi mudofaa tizimi AQSh va NATO azo mamlakatlarining F-35 ga hech qanday tahdid emasligiga ham ishontirishdan iborat. Ammo rasmiy Vashington C-400 mudofaa tizimidan voz kechish kerakligini bildirar ekan, iqtisodiy jazo choralari muqarrarligini uqtirdi. Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziriga Bayden hukumati Turkiyaning nomidan qabul qilingan CAATCA dasturi doirasida amal qiladigan qonunni tatbiq qilmaslikda chiqish qila olmasligini ham malum qildi.

2019 yilda Turkiya F-35 uchoqlarini sotib olish dasturidan chiqarib yuborilgan va bunga ham turk tarafining C-400 raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olishga intilishlari sabab bulgandi. Oqibatda Turkiya Lockheed Martin sobiq rahbarini yollash orqali Turkiyani F-35 dasturiga qaytarish borasida lobbistlik harakatini ishga tushiradi.

Anqara hozirda mavjud vaziyatni uzgartirish mumkinligiga ishonch hosil qilgan holda, Afgoniston borasida tinchlik muzokaralarida pishang bulishga va AQShni iqtisodiy jazo choralarini bekor qilishga undashi qulidan kelishga ishonmoqda.

AQSh hukumati Turkiyadan afgon hukumati va Tolibon harakati yuqori martabali amaldorlari urtasida AQSh va Qatarning vositachiligida Turkiya hududida tinchlik muzokaralar utkazilishiga yordam berishini iltimos qildi. Bu esa uz navbatida AQSh hukumatiga Afgonistondagi harbiylarini olib chiqib ketishga yul ochgan bulardi. Avvalroq, Mavlut Chovushugli muzokaralar aprel oyida Istanbulda utkazilishini bildirar ekan, Turkiya muzokaralar ishtirokchilarining har biri bilan alohida uchrashishi kerakligini va bu muzokara sanasini belgilashga yordam berishi kerakligini ham malum qiladi.

Turkiya tarafi endilikda muzokaralarni may oyiga kuchirishga intilmoqda. Bu bilan turk hukumati C-400 borasida AQShdan qandaydir bir imtiyozga ega bulishga, Jo Baydenning arman genosidining 106 yillik yubileyidagi chiqishida arman genosidini etirof etishiga tusqinlik qilish va Eron bilan kup milliardli dollar qiymatidagi savdo aloqalarini yul quyishi ortidan iqtisodiy jazo qullanilgan Halkbank’ning sud jarayonida malum bir ijobiy uzgarishlar qilinishiga erishmoqchi. Khullas, Turkiya AQShga «Vashington u yoki bu shartni bajarmasa Turkiya tarafi Afgoniston borasida AQShga yordam bermaydi» degan shartni quyishni istamoqda. Bu esa AQSh va Turkiya munosabatlarini jiddiy sinovlar kutayotganidan darak. Shartlar esa AQShga yoqmasligi ham tabiiy.

Suriyani ochlik va qashshoqlik yoqasiga olib kelgan rus siyosati

Rossiya BMTdagi tasiridan ayyorona foydalangan holda Suriyadagi vaziyatni taranglashtirishga erishmoqda, deb yozadi The Politico nashri. AQSh esa Rossiyaning Suriyadagi siyosatiga tusqinlik qilish uchun hali vaqtni boy bergani yuq.

Foto: Getty Images

Suriya shimolida yuzaga kelgan keskin gumanitar inqiroz zamonaviy jamiyatlardagi yul tirbandligi muammosini esga soladi. Har kuni Turkiya chegarasida minglab oziq-ovqat, ichimlik suvi, qurilish materiallari va dori darmon   ortilgan yuk mashinalari Suriyaga utish uchun turnaqator navbatga turadi. Suriya hududiga utib olgan yuk mashinalari avvalo uz yunalishlarini Bob al-Havo tomon uzgartiradi. Bu hudud esa Suriyadagi ichki nizolardan eng kup aziyat chekkan hududlardan biri sanaladi.

Bashar Assad hukumati tomonidan uqqa tutilgan shaharda 4,5 million aholi kharobazorlar orasida kun kechirmoqda. Yuk mashinalari kelishi bilan 4,5 million aholiga najot ham kelganday.  2014 yilda BMT Suriyaga insonparvarlik yordamini amalga oshirishga kirishganda, bu yordamni Turkiya, Iordaniya va Iroqning turt shahri orqali suriyaliklarga etkazib berishga tugri kelgan bulsa, hozirda BMT yordami faqat ikkita utkazish punkti orqali amalga oshirilmoqda. 2020 yilning iyul oyidan boshlab esa faqatgina bitta utkazish punkti orqaligina insonparvarlik yordami kursatilmoqda. Koronavirus pandemiyasining kuchayishi ortidan Bob al-Havoda gumanitar inqiroz avjiga chiqdi. Insonparvarlik yordamini etkazishdagi tusiqlar esa vaziyatni yanada yomonlashtirib yubordi. Sabab esa Rossiya uzining BMT khavfsizlik kengashidagi veto quyish huquqidan foydalangan holda suriyaliklarga etkazilishida muhim urin tutuvchi kanallarni yopishga muvaffaq bulayotganidir.

Assad hukumati esa BMTning insonparvarlik yordami avvalo oddiy aholiga emas Assad rejimiga qarshi kurashayotgan mukholifatga etkazilmoqda, deb iddao qilmoqda. Rasmiy Kreml Bashar Assadni uzining ittifoqchisi sifatida sanarkan, uning hokimiyatiga soya soluvchi kuchlar ochlikdan azoblanob, jon bersa qanday yakhshi.

Rus hukumati esa Suriyadagi aholiga etkaziladigan insonparvarlik yordami olib utiladigan Bob al-Havoni ham yopishga jazm qilgan. YOz oylarida BMT khavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bulib utadi. Agarda rus diplomatiyasi chegarani berkitish haqida kuproq ovozga ega buladigan bulsa, u holda Bob al-Havo chegara punkti ham BMT insonparvarlik yordami uchun yopiladi. Oqibatlar esa dahshatli tus olishi ehtimol.

Utgan davr mobaynida Suriyadagi inqiroz borasida garblik siyosatchilar Kremlning nayranglari oldida ip esholmay keldilar. AQShning yangi hukumati esa Suriyadagi chuqur ijtimoiy inqirozning oldini olish uchun siyosiy kurashning yangi raundiga qay holda kirishi muhim masala. Shunday ekan, Jozef Bayden, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va USAID tashkilot rahbari Samanta Pauer rus siyosatini uzgartirish va rus-hisob kitoblariga zarba berish uchun faol siyosiy kurashga kirishi talab qilinadi. Buning uchun esa AQSh hukumati Suriyaga insonparvarlik yordami kursatilishiga tusiq quyishga urinayotganlarni yakhshilab aqlini joyiga kiritib quyishi kerak buladi.

10 yildan beri Suriyada davom etib kelayotgan fuqarolar urushi suriyaliklarni demokratiya haqidagi orzulariga malum bir manoda barham berishga, boz ustiga rus hukumatining Bashar Assad hokimiyatini ittifoqchisi sifatida dastaklashga va qolaversa ruslarning Yaqin Sharq mintaqasida boy berilgan obrusini tiklab olishlariga imkon bergan bir siyosiy voqea buldi.

Assad rejimini himoya qilayotan ruslar ayni paytda Erondagi Islom quriqchilari inqilobi va Rossiyada harakati taqiqqa uchragan Hizbulloh guruhi bilan ham siyosiy aloqalar urnatgan. Shunday bir vaziyatda Khitoyning rus siyosatining Suriyadagi intilishlarini qullab-quvvatlayotgani ham vaziyatni yanada chigallashtirib yuborgan. Rus va khitoylik diplomatlar ochiq oydin tarzda insonparvarlik yordamini cheklashga qaratilgan tadbir bu eng avvalo Garbning Assad rejimiga quygan iqtisodiy jazo choralariga javob demoqda. Rus harbiylari esa suriyaliklarga bosim utkazgan holda Suriyada Assad rejimidan boshqa rejim bulmasligini uzining harbiy-havo kuchlari, kimyoviy qurollari bilan tushuntirishga urinmoqda. Asad rejimining qonli jinoyatlari haqidagi tafsilotlar BMT hujjatlarida jamlanayotgan bulsada, ammo rus tarafining Suriyadagi jinoyatlari haqida aniq bir dalillar mavjud emas.

2014 yilda Suriyadagi vaziyat uzining yuqori chuqqisiga chiqqan paytda BMTning khavfsizlik kengashi Damashqqa iqtisodiy jazo choralari qullamasdan insonparvarlik yordamini kursatishga ovoz beradi. Ammo Assad rejimi BMTning mazkur qaroriga qarshilik qiladi. Ammo BMT havfsizlik kengashi insonparvarlik yordamini kursatish Suriyaning suverenitetiga dahl qilmayotganligini bildirib, turtta chegara punktini insonparvarlik yordami kursatilishi uchun ochilishiga rukhsat beradi. Khavfsizlik kengashi esa bunday siyosat millionlab suriyaliklarni ochlik va qashshoqlikdan himoyalashda tugri qadam ekanligini malum qiladi. Hozirda esa Suriyadagi ijtimoiy inqiroz uta achinarli ahvolda qolmoqda.

Shunday ekan AQSh hukumati BMT havfsizlik kengashiga azo mamlakatlar bilan norasmiy muloqotlar doirasida Arriya formulasi buyicha Suriyaga insonparvarlik yordamini etkazsih masalasini muhokama qiladi. Bunday uchrashuvlarning utkazilishi esa AQSh uchun insonparvarlik yordami etkazib berilishi ayni vaqtda uta muhimligini isbotlashi va insonparvarlik yordami kursatishni bloklashga urinayotgan davlatlarni uz strategiyasini uzgartirishga undashi mumkin. Agarda AQSh Rossiyaning khavfsizlik kengashidagi veto quyish huquqni engib utib, rus qarshiligini sindira olsa Suriyadagi millionlab tinch aholi yana El Yarub, Bob as-Salom kabi chegara punktlari orqali ham insonparvarlik yordamini olishga muvaffaq buladi.

Jahongir Ergashev tayyorladi

Яна маълумот

snaiperist

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb khabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qumondonligi Twitterda. “Snayperlar razvedka, …