Главная / Iqtisodiyot / «AI-80 benzini 4 ming sumdan ham arzonlashiga ishonchim komil» — «Uzbekneftgaz» raisi urinbosari
<

«AI-80 benzini 4 ming sumdan ham arzonlashiga ishonchim komil» — «Uzbekneftgaz» raisi urinbosari

Malum bulishicha, «Uzbekneftgaz» aprel okhiri – may boshida brent markali neft narkhi 22-25 dollar bulgan payt 200 ming tonnadan ortiq khomashyo import qilgan. Shuning hisobiga, Ulugbek Ashurovning suzlariga kura, yil okhirigacha neft narkhi oshib ketsa ham, benzinning hozirgi narkhlarini bir maromda saqlab turishga harakat qilinadi.

Kun.uz onlayn intervyularining navbatdagisida «Uzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi urinbosari Ulugbek Ashurov sunggi vaqtlarda kup muhokamalarga sabab bulayotgan bir nechta masalaga munosabat bildirdi.

Intervyuda «Uzbekneftgaz»ning AI-80, AI-91 va AI-92 markali import benzinga aksizni 5 foizdan 20 foizga oshirishni taklif qilgani, benzin narkhi va sifati kabi masalalarda suz bordi.

– Prezident farmoni bilan yaqinda AI-80 markali benzin va dizel yoqilgisi chakana narkhini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan. Hozircha bu faqat AI-80 markali benzin va dizel yoqilgisigagina tegishli bulsa ham, bu qadam jamoatchilik tomonidan iliq kutib olingandi. Biroq import qilinadigan neft mahsulotlariga aksiz soligi stavkalarini oshirish orqali yana ortga qaytilmayapti?

– Buni ortga qaytish deb uylamayman. Nega? AQShni bozori eng rivojlangan davlat deb hisoblaymiz. Khitoy bilan urtasidagi iqtisodiy urush deyiladimi, uzlarining ishlab chiqaruvchilarini qullab-quvvatlash uchun har khil mekhanizm, usullarni qabul qilishadi. Qushimcha sertifikasiyalar qilishadi, qushimcha bojlar kiritiladi.

Hozirgi kunda bizda – «Uzbekneftgaz» korkhonasi ostidagi tarmoqlarga nisbatan «bular raqobatdan qurqishadi», deb aytishadi. Bunday emas, chunki bizning uz urnimiz bor. Biz narkhni saqlab turibmiz. Bozorda narkhni bir maromda saqlab turish uchun birjaga ham neft mahsulotlarini etkazib turibmiz. «Uzbekneftgaz» 4 ming sum narkhni belgilashi hisobiga boshqa markadagi benzinlarning narkhi keskin tushdi.

«92» benzin boshqa zapravkalarda 7200 sum edi. «85»ning narkhi 8 ming sumdan ortiqroqqa realizasiya qilinadi, yoqilgisi ham 8 mingga yaqin edi. Lekin biz hozir kharajatlarni qisqartirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, logistika kharajatlarini kamaytirish hisobiga tannarkh kharajatlarini 4 ming sumgacha etkazdik.

Ertaga 4 ming sum narkh qotib qolmaydi, narkhlar bundan ham pastga tushishiga aminman. Narkhning uynashini oldini olish maqsadida khomashyo konyunkturasi juda ham yakhshi buldi. Aprel okhiri – may boshida brentning narkhi 22-25 dollar bulgan payt «Uzbekneftgaz» tomonidan 200 ming tonnadan ortiq khomashyo import qilindi. Hozirgi kunda zavodlarimizda, neft bazalarimizda 300 ming tonnaga yaqin tayyor mahsulot mavjud. Bu tayyor mahsulotlarning tannarkhi nisbatan past, chunki biz buni arzon khomashyo hisobidan ishlab chiqarganmiz.

Keyinchalik yilning okhirigacha neftning narkhi oshib ketadimi, konyunktura uzgaradimi – bu narkhni bir maromda saqlab turishga harakat qilamiz.

Yana bir narsani aytib utish kerakki, neft-gaz korkhonalari, ayrim neftni qayta ishlash zavodlari yirik soliq tulovchilar hisoblanadi. Urtacha 4 ming sum narkhda urta hisobda 1000 sum soliq ham qushilgan. Bu, uz navbatida, byudjet tulovlariga ham tasir qiladi.

– Neft-gaz sanoati buyicha erkin bozor sharoitiga utish bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. Erkin bozor sharoitida istemolchida tanlov imkoniyati bulishi, kimning mahsuloti arzon, sifatli bulsa, uzi tanlashi kerak emasmi? Uzbekistonda ham uzimizda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari, ham import qilinayotgan benzin sotilsa, uzaro raqobat bulsa, bundan oddiy odamlar yutmaydimi? Ichki bozor bunday suniy himoya qilinadigan bulsa, uning yashovchanligi qanday buladi?

– Bozorda raqobat muhiti yaratilishining birinchi tarafdori bizmiz. Buni suniy deb ham aytib bulmaydi, chunki boshqa davlatlar tomonidan importlarni tukhtatish, eksportni qullab-quvvatlash masalalari kutarilmaganda, hamma bir khil darajada ishlaganda hech qanday muammo bulmasdi. Lekin boshqa davlatlarning uz ishlab chiqaruvchisini qullab-quvvatlashi hisobiga raqobat sharoiti usdi. Shuni tugrilash uchun buni taklif sifatida berganmiz.

Bu – taklif, albatta. U kurib chiqiladi. Har tomonlama hisob-kitob qilib, qabul qilish-qilmaslik masalasi kurib chiqiladi.

– Aytishlaricha, kelgusida yana bir qator markali benzinlarning arzonlashishi kutilayotgan ekan. Odamlarga, istemolchilarga engil buladigan qanday yangiliklar amalga oshirilishi kutilyapti?

– Istemolchilarga engil bulishi uchun katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda 91 benzinning narkhi yuqori deb aytilyapti, men bu narsa bilan uzim shakhsan shugullandim, narkhni tushirish buyicha ishlar amalga oshiryapmiz. Keyingi hafta 91 benzin narkhini qayta kurib chiqish masalasi kun tartibida turibdi.

Qayta kurib chiqish qanday buladi? Birja quyadigan narkhni tushiramiz. Khuddi shunday tarzda dizel yoqilgisi narkhlarini maksimal darajada qayta kurib chiqamiz.

Birinchi navbatda, narkhning shakllanishi «Uzbekneftgaz» tomonidan amalga oshirilmaydi. Birjada talab va taklifdan kelib chiqqan holda narkh shakllanadi. Lekin «Uzbekneftgaz» katta ishlab chiqaruvchi bulgani uchun bu talab va taklifga uz hissasini, ulushini qushishi mumkin. Va shuning uchun birinchi navbatda neft mahsulotlarini arzon va sifatli etkazish buyicha harakatlarni amalga oshiramiz.

Kupincha ijtimoiy tarmoqlarda «Uzbekneftgaz» ishlab chiqarayotgan benzin, dizel yoqilgisining sifati past deyiladi. Sifati pastligi buyicha fikr notugri deb uylayman. Chunki har bitta zavod standart svyazkadan utkazilgan. Har bitta neft bazamizda benzin, dizel yoqilgisi zamonaviy laboratoriyalar tomonidan tekshiriladi.

— Ijtimoiy tarmoqlarda: «Narkhlar tushirilayotgani yuq, balki hozir AI-80 markali benzin narkhi tushirildi, deya AI-76 markali bezin yoki AI-91 benzinning narkhi arzonlashdi, deb AI-80 benzin sotilyapti», degan gaplarga kuzimiz tushyapti.

— «Uzbekneftgaz» rais urinbosari sifatida ayta olamanki, mahsulot sifatiga javob beramiz. Sifat buyicha asosli etiroz bulsa, «Uzbekneftgaz» korkhonalari tomonidan nafaqat moddiy, manaviy zararni qoplashga ham tayyormiz. Chunki zavodlarimiz nafaqat uzimizning standartizasiya organlari tomonidan sertifikatlar qabul qilgan, bundan tashqari, khalqaro sertifikatlari ham mavjud. Men sizga ularni alohida elektron kurinishda yuboraman. [Suhbatimizni] kurayotganlarda «ogizda aytiladi, lekin aslida ular yuq», degan fikr bulmasligi uchun sertifikatlarning nuskhasini sizga taqdim etaman.

Sifat masalasiga katta etibor beramiz. Har bitta zavoddan chiqadigan partiyaga nazorat tizimi urnatilgan. Bundan tashqari, 70dan ortiq «UNG PETRO» MChJga qarashli yoqilgi quyish shokhobchalari mavjud. Biz ham hozir kharidor uchun bozorda kurashyapmiz, buni ochiq aytish kerak. «UNG PETRO» orqali chakana savdo ketadi, sifatni saqlab qolish uchun 4ta makhsus guruh, makhsus laboratoriyalar mavjud.

Har bitta zapravkada har hafta sifat buyicha analiz qabul qilinadi, mavjud qoldiqlar tekshiriladi, kunlik tekshirish amalga oshiriladi.

«UNG PETRO» MChJga qarashli yoqilgi quyish shokhobchalarida shunday holatlar bulsa, buni joyiga chiqib, urganish tarafdorimiz. Boshqa kompaniyalar bilan raqobatlashish harakatini qilyapmiz.

– Deylik, istemolchi benzin sifatidan shubhalandi, bu buyicha qay tarzda sizlarga tezda khabar berishi mumkin? Telegram-bot yoki ishonch telefonlari yulga quyilganmi?

– Ishonch telefonlari ham (71 200-01-24), Telegram-bot ham mavjud. Shubhali holat paydo bulganda, operativ tarzda laboratoriyani joyiga yuborib, kerak bulsa, usha istemolchi bilan birgalikda masalani joyida urganib chiqib, joyida khulosasini chiqaramiz.

О нас

Яна маълумот

psAH39GUcU3_g7is4_3uHjxURvRPAcyx

«Davlat qarzi: tahlil va erkin fikr almashinuvi». «Munozara klubi»dan makhsus reportaj

13 iyun kuni Uzbekiston hukumati iqtisodiy blokining «Munozara klubi»da ilk uchrashuv tashkil etildi. Kun.uz jurnalisti …