Главная / Jamiyat / ABDURAUF FITRAT

ABDURAUF FITRAT

Aziz Uquvchim, esingizdami, Siz 8-sinf “Uzbek adabiyoti” darslarida Yangi uzbek adabiyotining asoschila- ridan biri, shoir, yozuvchi, dramaturg va olim Abdurauf Abdurahim ugli Fitratning qisqacha hayoti va adabiy me- rosi bilan tanishgan edingiz. Shoirning mavjud mustamlaka tuzumidan norozilik kayfiyatlari, erk va istiqlol orzulari ifoda etilgan “Mirrikh yulduziga”, “Ugut”, “Guzalim, bevafo gulistonim…”, “Yana yondim” kabi sher- larini uqib, takhdil va talqin qilgan edingiz.

abdurauf-fitratAbdurauf Fitrat (1886-1938) uzbek adabiyotini mumtoz drama- tik asarlar bilan boyitgan buyuk dramaturgdir. Hozircha aniqlangan malumotlarga kura, u jami un beshga yaqin drama yozgan bulib, ularning asosiy va salmoqpi qismini tarikhiy dramalar va fojialar tashkil etadi.

Saqlanib qolgan ayrim parchalar asosida adabiyotshunoslikda uning “Begijon”, “Abo Muslim”, “Temur saganasi” “Uguzkhon” singari drama va fojialari haqida fikr yuritiladi. Birok bu asarlar nashr etilmagan, qulyozmalari kham hozircha tuligicha topilgan emas.

Fitrat khind yoshlarining ingliz istilolchilariga qarshi kurashiga bagishlab 20-yillarning boshlarida “Chin sevish” dramasini yozdi. Bu asar kuprok manaviy ishqiy yunalish asosiga qurilgan edi. Kup utmay dramaturg bu asarning davomi yokhud chukurlashtirib, ilk maksaddagi yunalish bilan bir qatorda ijtimoiy yunalish kham teranlashtirilgan, zamonaviylik ruhiga urgu kuchaytirilgan deyarli yangi asar – “Hind ikhtilolchilari”ni yaratdi.

“Hind ikhtilolchilari” (1923) Berlinda “Ozod Sharq” nashriyotida uzbek ti- lida nashr etildi. (Bu vaqtda Olmoniyada unlab yosh turkistonliklar tahsil olar edi.) Asarning bosh qahramoni – Rakhimbakhshidir. U vatanini bosqinchilardan ozod kilishni khayotining bosh mazmuni deb biladi.

Abdusubbuh, Badrinat, Fayziahmad va Makhmudkhon Rakhimbakhshining khammaslaklaridir. Barcha kelishmovchiliklarni, diniy, goyaviy, sinfiy va boshqa ikhtiloflarni, mukholiflikni bir chekkaga yigishtirib quyib, birlashish va ona tuproqni bosqinchilardan ozod etib, Hindistonni mustaqil qilish kerak degan goya asarning asosini tashkil etadi.

1925 yilda Fitrat “Arslon”nomli besh pardali pesa ezdi. Unda Bukhoro khonli- gidagi dehqonlarning ogir hayoti va qismati tasvirlandi.

IJODI Uzbek tillida

Shurolar davrida khalqning asl farzandlarini qatagon qilishning avj nuqtasi 1937 yil bulsa-da, yangi jamiyatga yot unsurlarni izlash jazavasi undan un yil ilga- ri boshlangan edi.

20-yillarda Fitratga quyilgan katta ayblardan biri dindorlik va mutasavvuflik edi. Bu aybga qarshi u bir qator diniy mavzuda asarlar ezdi. Bu asarlarda dinning muayyan nuqtalarini isloh qilish va uni bidat, khurofotdan ajratishga urinish harakati mavjud. Diniy mavzudagi bu asarlarida ayrim biryoklamaliklar kh,am kuzga tashlanib qoladi. Biroq bu khol Fitratni dindan qaytgan, dahriy deyish- ga asos bermaydi. “YOpishmagan gajaklar” maqolasidagi “dindan qaytdim”, “dinga qarshi fikr tarqatdim” deyilgan iqrorlarini asl manosida emas, qaltis vaziyatda hayotini saqlab qolish yulidagi tazarrular tarzida bakholamoq kerak. Zotan, “Mukhta- sar islom tarikhi”(1915) nomli risola yozgan, namoz uqigan, chin musulmon bulganini uzi etirof etgan kishining dahriy bulishi mushkul. Holbuki, din mavzuidagi bir qator asarlari takhdili misolida adabiyotshunoslikda shu vaqtgacha Fitratni dahriy va islom diniga qarshi kurashgan kishi sifatida baholab kelindi.

Badiiy asarlaridagi dinga munosabatda Fitratning uziga khos nozik ijo- diy uslubini tugri idrok etish zarur. U “Ruzalar” nomli ikki pardali dramasini ham diniy mavzuga bagishpadi. Din niqobi ostidagi khurofot, bidatni qattiq qoraladi. (Referat uchun).

Vatan ozodligi, vatan mustaqilligi degan ulug goyani ifodalash yulida u hatto din mavzularidan ham ustalik bilan foydalandi. Masalan, “Shaytonning tangri- ga isyoni” (1924) sheriy dramasida buyin egishni, tiz chukishni istamagani uchun quvgindi bulgan, yaratganga uz raddiyasini bildirgani uchun lanatlangan Shay- ton obraziga duch kelamiz. Asarga yuzaki qaragandagina Fitrat dakhriynamo bulib kurinadi. Aslida esa, uning tubida, zamirida ozodpikka intilish, mustaqillik uchun kurash goyalarini badiiy targib etish yashiringandir. Qatagon hukm surgan za- monda Fitrat badiiylik va shartlilikning ana shunday murakkab, yashirin shaklla- riga murojaat etdi.

Adibning “Qiyomat” nomli hikoyasiga ham shu nuqtai nazardan yondashmoq kerak. Hozirgacha aksar adabiyotshunoslar yozganidek, bu asarida yozuvchi “ u dunyo” voqealarini kursatib, dinni fosh etdi, dindorlar ustidan kuldi emas, balki aksincha, shartli ra- vishda “u dunyo” voqealarini tasvirlash vositasida salkam jannatday deb ayuhannos solingan, aslida esa, razilligu munofiqlikka yul ochib berayotgan bu dunyoning yangi tuzumi ustidan achchiq khukm chiqardi. Bu Fitrat ijodidagi diniy ohanglarga muro­jaat etish orkali uz goyalarini utkazishning, fikrni yashirin ifodalashning bir usuli edi.

YOzuvchining “Zaynabning imoni”, “Oq mozor”, “Qiyshik eshon”, “Zayd va Zaynab”, “Meroj” singari hikoyalarida kham biz ana shunday holni kuramiz. Bu asarlarida adib umuman dinni emas, balki uning pardasi ostida unga nisbat berilayotgan, aslida esa, dinning insonparvar, akhloqiy poklikni targib etuvchi fazilatlariga aloqasi bulmagan – bidat, khurofot, jaholat va khamoqatlarni keskin fosh etadi.

“Abul Fayzkhon” birinchi uzbek tragediyasi bulib, u 1924 Yili Moskvada SSSR khalklari markaziy nashriyotida bosildi.

Asarda XVIII asr Bukhoro khayoti – ashtarkhoniylar sulolasining okhirgi namoyan- dalaridan biri Abul Fayzkhon khokimiyatining tanazzuli va mangitlar sulolasining dastlabki bosqichi tarikhiy haqiqat asosida badiiy yuksak va teran aks ettirilgan.

Besh pardali bu fojiada takht uchun aka-uka-yu ota-bola, dust-birodaru qarindosh uruglar urtasida bulib utgan cheksiz razolatlar kursatiladi.

Takhtni egallagan Abul Fayzkhon kup utmay barchadan shubhalana boshlaydi. Kuni kecha takhtni qulga kiritishga yordam bergan deyarli barcha yaqinlarini hibsga oladi, qatl etadi.

Abul FayzkhonningKhorazmga qarshi urush boshlab yuborishi esa, uzini kholdan toydirish bilan birga, yurtni ham kharob kiladi. Khorazm Eron shohi homiyligida edi. Maglubiyatga uchragan khonlik Eronga buysunishga majbur buladi. Mamlakatni qutqarishga intilgan ne-ne farzandlar qurbon buladilar.

XVIII asrda kechgan ogir voqealarga murojaat etish Fitrat uchun asosiy maqsad va muddaoni amalga oshirish vositasi edi. Uning asl niyati yashirin zulm va zurlik aso- siga qurilgan, bu yulda istibdodning khech qanday manfurliklaridan qaytmaydigan; takhtning yangi egalari bilan birga uz yurtiga cheksiz sotqinlik qilib, yangi ayon- lar bilan ogiz-burun upishib ketgan imoni sust erlik amaldorlar kumagida boshqarilayotgan va boshqarilajak yangi tuzum, yangi jamiyatning aft-angorini ochib berishdan iborat edi.

Asarning okhirida Khayol tilidan bayon etilgan: “Ey qop-qora saodat sensan” deyilgan fikr tragediyaning fojiaviy pafosini juda aniq ifodalaydi. Bu fikr Rahimbiy timsolidagi feodal jamiyatga yokhud khonlarga nisbatangina emas, bal­ki yanada aniq qilib gapirganda, asarda kursatilayotgan takhtga nisbatan aytila- di. Fojiaviy pafos mohiyatiga chuqurrok etibor bersak, uning zamirida asarda kursatilayotgan davr – Bukhoro takhtigina emas, XX asrning 20-yillari boshidagi tuzumni tutib turgan hokimiyat va uni boshqarayotgan kuchga ishora yotadi. Saodat doimo yoruglik timsolida, nur timsolida bulishini bilamiz. Bu erda esa muallif saodat- ni qop-qora deb atayotgani bejiz emas. Zero, yangi tuzumning “vada bergan” saoda- ti Turkiston khalki boshiga, Fitrat nazarida, kora kunlarni keltirgan edi. Khalq khayotida ruy berajak fojia, hodisalar Fitratga qorongu bulsa-da, sanatkorning bashoratli badiiy tafakkuri uni shu khulosaga olib keladi.

Asar goyasi va fojiaviy pafosini ochishda Siyovush ruhi timsolidagi Khayol ob- razining roli katta. U Rahimbiy bilan bahsga kirishar ekan, takhtga qarata shunday deydi: sen “inju tizguvchi adiblarning qalamlarini uchoq supurgisiga aylantirding”. Ayni vaqtda, takht va mansab dunyodagi barcha razillik va yomonliklarning manbaidir, degan khulosaga keladi. Uz fikrini davom ettirib, podshoning adolati zulmdir, der ekan, zulm, zuravonlik, bosqinchilik, takht va shu kabilarning barchasi- ni ayovsiz fosh etadi, inson erkini, ozodligini, mustaqilligini uluglaydi.

Tragediya janri haqida (Sherlar).

Fojia janrining uziga khosliklari bosh va etakchi qakhramonlarning deyarli asar avvalidan to sungiga kadar ham ichki, ham tashqi fojiaviy kurashini kursatishda namoyon buladi. Bunday asarlarning aksari asosiy qahramonlarning halokati bi- lan tugaydi.

Birok fojia fakat jismoniy emas, manaviy yoki goyaviy emirilish, inqiroz, halokat asosiga kham kurilishi mumkin. V. G. Belinskiy fojia janrining uziga khos khususiyatlarini “kalbdagi eng qimmatli umidlarning emirilishi”, “qalbning tabiiy jarayoni, maylning akhloqiy burch yoki daf qilinmas bir tusqinlik bilan tuqnashuvidir”, deb tariflaydi.

Tragediya janrida davr va zamonning ulkan va ijtimoiy-siyosiy tuknashuvlari ham, alohida shakhslarning oliy va yuksak akhloqiy-manaviy ziddiyatlari kham, bular- ning har ikkovining uzviylikdagi kurinishi kham gavdalantirilishi mumkin.

Shakhe bilan muhit urtasidagi keskin, murosasiz ziddiyatni gavdalantirishga bagishlangan fojialar kham talaygina. “Layli va Majnun”, “Romeo va Juletta” kabi asarlar bunga misol bula oladi.

Quyida Abdurauf Fitratning “Abul Fayzkhon” tragediyasidan olingan parchani khukmingizga khavola kilamiz.

Savol va topshiriqlar:

  1. Quyi sinflarda Abdurauf Fitratning kaysi asarlarini uqigansiz?
  2. Adibning tarjimai kholi va adabiy merosi khaqida suzlang.
  3. Fitrat uzbek dramaturgiyasi rivojiga kaysi dramalari bilan khissa qusha oldi?
  4. Inkilob yillarida nega Fitrat Hindiston mavzusiga qul urib, “Chin sevish”, “Hind ikhtilolchilari” dramalarini yaratdi? U nimani kuzlagan edi?
  5. Fitratning diniy mavzudagi asarlariga qanday yondashmoq kerak? U dakhriymi?
  6. Tragediya janri khaqida gapiring. Uning drama va komediyadan farki nimada?

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …