Главная / Jamiyat / ABDULHAMID ChULPON (1897-1938)

ABDULHAMID ChULPON (1897-1938)

Chulpon deganda kuz oldimizga tiniq va musaffo osmonda eng yorqin nur sochayotgan yirik yulduz namo- yon buladi. Chulpon nomini eslaganimizda khayolimiz- da adabiyot dunyosining sunmas va yil sayin qalbimizga iliqlik, tarovat, kuzimizga nur, ongimizga tiniqlik bakhsh etayotgan, khuzurimizga tobora yaqinlashib kelayotgan tong yulduzidek shoir siymosi jonlanadi. Biz ana shu barhayot yulduz-KhKh asr uzbek adabiyoti tongining Chulponi tugrisida suhbatlashamiz.

ABDULHAMID ChULPON
ABDULHAMID ChULPON Rasmi

Andijonlik hunarmand Sulaymon mulla Mukhammad Yunus ugli oilasida 1897 yili dumboqqina gudak dun- yoga keldi. Unga yakhshi niyat bilan Abdulhamid deb ism quydilar.Otasi durustgina savodli, shoirtabiat (Sulaymonqul “Rasvo”degan takhal- lus bilan gazallar bitgan, hatto devon ham tuzgan edi) odam bulganligidan uglining tarbiyasiga alohida etibor berdi. Avval makhallasidagi maktabda, keyin Andijon va Toshkent shaharlaridagi madrasalarda uqidi. Zamona zayli bilan Andijonda ochilgan rus-tuzem maktabida kham talim oldi. Natijada Abdulhamid yoshligidanoq arab, fors, tojik, turk va rus tillarini pukhta urgandi, badiiy adabiyotga ikhlosi ortdi. 16-17 yoshlaridayoq har tomonlama chuqur bilimli, ilgor fikrli ziyoli kishi bulib etishdi.

Chulponning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, asosan, Oktyabr inqilobidan keyin boshlangan.U inqilobni navkiron 20 yoshida kutib oldi. Bu paytgacha Turkistonda mashhur bulgan Bebhudiy, Aziziy, Avloniy, Munavvar qori, Fitrat asarlari khamda qarashlari bilan tanishib, usha paytda kuplab chiqayotgan gazeta-jurnallarni mutolaa qilib, marifatparvarlik harakatiga ikhlos quydi. Oktyabr tuntarishi uzining al- von rangli shiorlari bilan yosh Chulponni ham maftun etdi va u bu yulda astoydil bel boglab khizmatga kirishdi. Dastlab “Ishtirokiyun”,”TurkROSTA”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Bukhoro akhbori”gazetalarida adabiy khodim, bulim mudiri, masul muharrir lavozimlarida ishladi. 1924-1927 yillarda Moskvada tashkil etilgan uzbek dramstudiyasida uzbek tili va adabiyotidan uqituvchilik hamda tarjimonlik qildi. Toshkentga qaytib, teatrlarda adabiy emakdosh, “Mushtum” jurnalida khodim va mao- rif sokhasida uqituvchi bulib ishladi. XX asrning 30-yillariga kelib Chulponning boshida qora bulutlar quyuklashdi, ketma-ket uning ijodiy va ijtimoiy faoliyatini muhokama qilishlar, matbuotda ataylab dupposlashlar, yigilishlarda ochikdan-ochiq kamsitishlar boshlandi. Okhiri 1937 yilning 13 iyulida NKVD khodimlari tomonidan qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabr kuni otib tashlandi.

Totalitar tuzum XX asr uzbek adabiyotining tongida paydo bulgan eng yirik hamda iliq nurli yulduzlardan birini mahv etmoqchi, khalqni uning haroratidan mahrum qilmoqchi buldi. Ammo khukumat bu galiz niyatiga eta olmadi. Aksincha, u yurt osmonining eng chetida turib ham khalqi qalbiga iliqlik, harorat, tarovat va pokiza tuygular bagishlashda davom etdi. Ayniqsa, shu kunlarda yanada ravshanroq, yanada iliqroq ziyo taratmokda.

Abdulhamid Sulaymon uglining ijodi 1913-1914 yillardan boshlangan. Uning ilk asarlari “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Fargona”, “Samarkand” gazetalari, “Oyina”, “Shuro” kabi jurnallarda bosilib turgan. Dastlab uzini “Qalandar” deb tanitgan shoir keyinroq “Chulpon” takhallusini tanladi va umrining okhirigacha shu nom bilan ijod qilib, butun mamlakatga mashhur buldi. U ijodni hikoya yozish bi- lan boshladi. Hozircha “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914 yil 6-sonida bosil- gan “Qurboni jaholat” kikoyasi Chulpon kalamita mansub bulgan ilk badiiy asar sifatida tan olingan. Yana shu yili Chulponning “Boy”deb atalgan caxjHa asari ham “Shuro” jurnalida elon qilinganligi tugrisida malumotlar bor.

Adibning “Qurboni jaholat” deb nomlangan birinchi hikoyasidayoq jadidchilik goyalariga hamohang ravishda marifiy mavzuda yaratilgan. Uning yosh qahramoni Esh- murod bilim olishni, Evropa shaharlariga borib uqishni orzu qiladi. Ammo otasi- ning johilligi tufayli bu niyatiga etolmay uzini uzi halok qiladi. Usha yili yozilgan “Doktor Muhammadiyor” deb atalgan khayoliy (romantik) hikoyasida ham Tur­kiston yoshlarning chet ellarga borib ukib, elu yurtiga foyda keltiradigan odamlar bulib etishuvini orzu qiladi.

Chulpon kuproq sheriyatda ijod qildi va bu borada uzbek sheriyatining kaddi- bastini yanada yuksaklikka kutargan, unga yangicha shakl va mazmun, yangicha ohang hamda libos kiydirgan shoir sifatida mashhur buldi. Chulponning birinchi sherlar tuplami “Uygonish”1922 yilda bosilgan. Shundan sung birin-ketin “Buloqlar”, “Tong sirlari”, “Soz”, ”Qora doglar” kabi tuplamlari elon qilindi.”Jur” deb atalgan sheriy kitobi qamalishi munosabati bilan dunyo yuzini kurmadi, izsiz yuqoldi.

Chulpon dastlab inqilobiy khodisalardan kuvona-quvona sherlar bitdi. Ular- da millatini, ayniqsa, uning yosh buginini uzligini tezroq aniqlashga, khalq man- faaglari yulida astoydil khizmat qilishga, ona Turkistonni gullatishga chaqirdi. Shoir uzining “Uzbek yoshlarini”, “Qizil bayroq”, “Birinchi may”, “Uch yildirki”, “Oktyabr qizi”singari sosialistik tuzumni tarannum etuvchi sherlari bilan za- mondoshlari Avloniy, Ayniy, Hamza, Sufizodalarga jurovoz buldi. Ayni chogda Chulpon Vatan mustaqilligi, millat ishqi, ulka ravnaqi, ozodlik dardi bilan yashar- di. Bora-bora uning sherlarida ana shu dard ogriqlari, ohanglari qalqib chiqa boshladi.

Chulponning “Khalq”, “Guzal”, “Kungil”, “Kuz”, “Binafsha”, “Buzilgan ulkaga”, “Men va boshqalar”, “Quzgolish”, “Aldanish”, “Erkinlik istagi”, singari unlab sherlarida erktuygusi, istiqlol umidi yorqin ifodalangan. Bular orasida ayniqsa, “Aldanish” va “Erk istagi” sherlari goyat ibratlidir. 1922 yilda yozilgan khar ikka- la sherning sarlavhasidan \am ayon bulib turibdiki, shoir Oktyabr tuntarishining aldamchi tuzogida besh yil joni qiynalganligini angladi, uning barcha orzulari sa- rob bulib chikdi:

Men uni khayoliy, totli bir sevish, Ilohiy bir muhabbat, ishq bilan sevdim. Besh yil, shuning uchun besh yil anglayish, YOnish, kuyishlarim, oh, endi bildim.

Shoir ona yurtning betona kul tegmagan momikdek buyniga istibdod zanjiri yanada qattiqroq tortilganligini anglab etadi.

Endi:

Erkin kunglim chiday olmas bu siqiq, Bu boglangan, bu “egalik” turmushda

deya hayqiradi Chulpon va bu “tor kafasdan uzini qutqargali” urinayotgan, intilayot- gan khalqni mustamlaka kishanlarini parchalab tashlash uchun kuzgolishga chaqiradi. Endi erkinlik istagidan ulsa ham qaytmaydi:

Ey! Sen \aqir kurgan, tuban degan afandi!

Kishanlaring zang bosgandir, sergak bulkim uzilur, Tomirimda quzgolishning vakhshiy koni gupurdi, Eski fikr, ananalar endi butkul uzuldi. YO ketarman yo sening saltanating buzilur! Ey! Sen meni qul urnida ishlatguvchi afandi, Titra, qurqkim, bogliq quling bosh kutargan kuch endi!

Iigirmanchi yillarda yaratgan sherlarida Chulpon mustamlakachilik timsoli sifatida “kishan” obraziga kup murojaat qiladi. Uning zang bosgan khalqalaridan azob chekayotgan khalqini quzgalishga chaqiradi. Sanatkorning barcha sherlari, khikoya va maqolalari, roman hamda dramalari uquvchiga ozodlik tuygularini singdirishga boy ozuqa bera oladigan asarlardir. Ularni urganish, takhlil etish jarayonida yosh avlod ongida mustaqil Vatanga cheksiz muhabbat uygotish mumkin. Ular mazmunan bir-birini tuldiradi, boyitadi, istiqlol dardi biridan ikkinchisiga kuchayib bo­radi, ozodlik tulqini purtanaga aylana boradi.

Masalan, 1921 Yili Bukhoroda yozilgan (bu paytda Chulpon Fitrat taklifi bilan “ Bukhoro akhboroti’Tazetasida masul muharrir bulib ishlardi) “Kuz” sheri ana shun- day iztirobli tuygularga boyligi bilan ajralib turadi. Sirtdan Karaganda sher tabiat tasviriga, kuz faslining turfa ranglarini ifodalashga bagishlangandek tuyiladi. Aslida esa mustamlaka zanjirida azob chekayotgan “ogriq, maglub, tutkun Sharq”ning ayanchli ahvoli, uning bahori tugab khazon faslini boshidan kechirayotga- ni dard bilan izhor etiladi. Mustamlakachi “Golib Garb qonga tulgan kuzlari”ni uynatib turgan kuz timsolida namoyon buladi. U shu qadar dahshatliki, qonga tulgan kuzlarini buron kabi uynatib, qora bulutlar tudasini etaklab kelib butun Sharqning ustiga yopgan,”ogu tuliq uqlarini” ortgan qushini bilan Sharq yozining bagrini jarohatlaydi. Kukda uchayotgan qargalar esa balo-qazoday ochkuzlik bilan ulja izlaydi.

Kurinadiki, sherda qullanilgan khar bir bayt tugal bir manzaradir. Tabiat- ning rangin lavhalari uquvchi kuz ungida quyuqlashib, hayotning aniq suratiga ay- lanadi va bu manzara uni dahshatga soladi, qalbida ichki bir tugyon paydo qiladi. Kuzning uziga khos belgilari, ranglari, kurinishi haqida uquvchilar va talabalar bilan suhbat jarayonida aniq tasavvur qosil qilingandan keyin Sharq, Garb, Buron, YOz, Kuz, Qarga, Qish kabi talay ramziy timsollarning ijtimoiy manosini tushu- nish khiyla osonlashadi. Sherning sungi ikki misrasi juda katga ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. Shoir:

Butun borliq chogi uchish oldida, Sovuq-qora qishga kuchish oldida.

der ekan, istibdod iskanjasida sunggi nafasini olayotgan Turkiston Sharqining ertasidan dahshatga tushadi va bu qismatdan uquvchini ham ogohl antirad i. Binoba- rin, ahvol shunday davom etaversa, erta-indin “Sovuq qora qish”ning qahratoniga bardosh berolmay bu yurtning jon taslim qilishi aniq. Ilohim shunday kunlardan uzi asrasin!

Akhir, bundayin dilrabo, bundayin bebakh.0, yulduz tushida kurib oshigu shay- do bulgan, shamol bir marta kuriboq aqlu hushini yuqotib, “togu toshlar ichra is- tab” yuradigan, quyosh esa ungida kurib ishqida kuygan “Oydan-da guzal, kundan-da guzal” (“Guzal” musaddasi”) Vatanni er sharining qaysi nuqtasidan topib buladi?! Shuning uchun ham uni asrab qolish shart. Khalq bunga qodirdir, faqat uni uz kuch- qudratiga ishontira bilish darkor. Chunki:

Khalq dengizdir, khalq tulqindir, khalq kuchdir,

Khalq isyondir, khalq olovdir, khalq uchdir.

Ammo uning qudratinini sundirmokdalar, oloviga suv purkamokdalar, qullikka, mutelikka urgatmokdalar, takdirga tan berishga majbur qilmoqdalar. Natijada bu khalq kishan bilan oshno tutishga kunikyapti, isyonkorlik ruhi tobora sunib boryapti, faryodni unutmokda. Shoir uni khushyorlikka chaqirib hayqiradi.

Kungil, sen bunchalar nega

Kishanlar birla dustlashding?

Na faryoding, na doding bor,

Nechun sen muncha sustlashding? (“Kungil”)

Ayniqsa, ushbu sherning okhirgi bandiga alohida urgu berish lozim buladi. Bir vaqtlar ingliz mustimlakachilariga qarshi istiqlol bayrogini kutarib chiqqan Bengal shoiri Nazrul Islom mazlum khalqiga “Tugilgansan ozod, mangu ozod bulib qol!” deb murojaat qilgan edi. Bu davatni qalbiga jo qilib kurashga otlangan hind khalqi okhir oqibat yurtini bosqinchilardan khalos etdi. Chulpon ham khalq is- tagi ulkani ozod qilish ekanligini anglab, unga:

Tiriksan , ulmagansan,

Sen-da odam, sen-da insonsan.

Kishan kiyma, buyin egma Ki, sen ham hur tugulgonsan!

deya murojaat qiladi.

Shoirning “Buzilgan ulkaga (1921 yil, Andijon) sheri usha davrda ham, keyin ham katta shov-shuvga sababchi buldi.

Chulponning boshiga kup qora kunlar kham aynan mana shu sher tufayli tushdi. Chunki unda shoir uzbek tuprogida ruy berayotgan fojiali voqealarni ruy-rost tas- virladi. Ulkada amalga oshirilayotgan nohaqliklar, adolatsizliklar, zuravonliklar Chulponning yangi hukumatdan kutgan umidlarini puchga chiqaradi.

Haqsizlikka qarshi kutarilgan khalq farzandlari ayovsiz jazolandi, bosmachi- likka qarshi kurash bahonasida mehnatkash omma boshiga ne-ne qora kunlar solin- di.

Shoirning “Buzilgan ulka” deb atalgan sheri sarlavhasidan tortib okhirgi misrasigacha mustamlakachilarning qabih siyosatini buyuk bir jasorat bilan fosh etib tashlaydi. Mana bu dahshatli manzaralar shoir tomonidan tuqib chiqarilgan deb bulmaydi:

Ey, toglari kuklarga salom bergan zur ulka, Nega sening boshing uzra quyuq bulut kulanka? Kum-kuk, guzal utloklarning bosilgon, Ustlarida na poda bor, na yilqi, Podachilar qaysi dorga osilgon?

Ot minganda qushlar kabi uchquvchi, Erkin-erkin khavolarni quchguvchi, Ot chopganda uchar qushni tutquvchi, Uchar qushday yosh yigitlar qaerda? Tog egasi-sor burgutlar qaerda?

Chulponning “Jahon fotihlari changalida ezilib yotgan Sharq ulkalariga bagishlanadi”deb epigraf quyilgan ikkinchi tuplami “Buloqlar” dan joy olgan “Buzilgan ulkaga” sheri muallifining uzi tomonidan “doston”deb iomlangan.

Doston turt bulimdan iborat. Tugri, hajmi jihatidan (khammasi bulib 56 misra) doston deb belgilashga loyiq bulmas, ammo unda kutarilgan muammo, ohang va ifoda shaklining uziga khosligi, Turkiston ulkasida ruy berayotgan dahshatli voqealarni keng kulamda haqqoniy tasvirlay olishi uni lirik monolog asosiga qurilgan doston deyishga arziydi. Dostonning khar bir bulimi uziga khos shakl, ritm va ohangga ega. Masalan, birinchi bulim boshdan okhirigacha tula manodagi suroqqa, ikkinchi bulim esa savol asosiga qurilgan murojaatga tayanadi. Ikkinchi bulimning har bir misrasi “nega?”,”nima uchun?” degan savol bilan boshlanadi. Uquvchi bu savollarga beikhtiyor javob izlaydi. Uchinchi, turtinchi bulimlarda khayqiriq, chakiriq ohanglari kuchli jaranglaydi. 20-30-yillar matbuotida Chulponning bu sheriga qarshi kup tanqidiy maqolalar, undagi khakiqatni rad etishga urinuvchi javob sherlar yoritildi. Tanqidiy makolalarda “Chulpon bizning shoir emas”, u badbin, “millatchi”, “aksilinqilobchi” shoir deya keskin khulosalar chiqarilgan bulsa, javob sherlarda Chulponning ijodkor sifatidagi “kaltabinligi”, shakhar va qishloqlardagi bir necha uyning vayron etilga- nini kuradi-yu, ammo shu vayronalar ustida barpo etilayotgan gigant qurilishlarni kurmaydi degan fikr ilgari suriladi. Bu jihatdan uz davrining proletar shoiri Gayratiyning “Tuzatilgan ulkaga” deb nomlangan javob sheri kharakterlidir.

Biz bu erda Chulponning khar bir sherini batafsil takhlil etishni vazifamiz deb bilmadik. Zero, bilimdon va ziyrak uquvchi shoir sheriyati haqida kuprok, chuqurroq malumot olishni istasa, O. Sharafiddinov, N. Karimov, B. Nazarov, 3. Eshonova kabi adabiyotshunoslarning risolalarini topib mutolaa qilar. Muhimi, Chulponning har bir sheri kishini fikrlashga chorlaydi, tuygularini charkhlaydi. Shu boisdan Chulpon lirikasi tugrisida har kancha gapirilsa ham oz. Biz esa shoir sheriyati khaqidagi mulohazalarimizga shu erda uch nuqta quyib, uning nasriy ijodi buyicha qisqacha malumot berishni lozim topdik.

Chulpon ijodi hikoya yozishdan boshlanganligini yuqorida aytib utgan edik. Adib “Qurboni jaholat”dan keyin “Dukhtir Muhammadiyor”, “Qor quynida lola”, “Novvoy qiz” kabi un beshga yaqin khikoyalar yozgan. Bu hikoyalarda, asosan, marifatni uluglaydi, hayotda oddiy odamlarning boshiga yogilayotgan jafo aslida ilmsizlik tufayli ekanligini, shuningdek, ayollar qadrini urniga quyish jamiyatning bosh maqsadi bulmogi kerakligi tugrisidagi masalalarni kutaradi.

Chulpon prozasi deganda kuz oldimizga eng avvolo, uning “Kecha va kunduz” romani keladi. Nomlanishidan ham kurinib turibdiki, roman khalqimizning ke- chagi va bugungi kunlarini ifodalashga bagishlangan. Roman aslida ikki kitobga muljallangan. Uning’Kecha” deb nomlangan birinchi kitobi 1933-34 yillarda yozib bitirilgan,1936 yilda kitob kholida bosilib chiqkan. Birinchi kitobda tasvirlan- gan voqealar 1910-1916 yillar oraligida ruy beradi. Unda Birinchi jahon urushi arafasi va urush davridagi Turkiston khalqlarining ogir, ayanchli turmushi, milliy uygonish jarayonining boshlanishi tugrisida khikoya qilinadi. Roman hali bosilib chiqmasdan turib hukumat qarori bilan utkazilgan Uzbekistan SSR tashkil etil- ganligining un yilligiga (1934 yilda) bagishlangan tanlovda ragbatlantiruvchi mukofotga sazovor bulgan. Romanning “Kunduz” deb atalgan ikkinchi kitobi yozilgan bulsa ham bizgacha etib kelmagan.

YOzuvchi romaniga khalqimizning “Hamal keldi-amal keldi” degan hikmatli ibo- rasini epigraf (bosh suz) qilib olgan. Bu purhikmatli iboradan muallif khalqning uygonish, usish bahori, amal olish fursati kelganligidan kuvonganligini sezish mumkin. Chunki adib “Hamal keldi” tabiiy bakhorni emas, usha paytda adabiyotda rasm bulgan ramziy timsol-inqilobni nazarda tutgan. Chulpon uz uquvchilariga ona khalqining inqilob arafasidagi ogir hayotini, mahalliy boy va amaldorlarning (Ak- barali mingboshi, Eshon bobo kabi) chor mustamlakachilari rahnamoligida (khokim tura, noyib tura singari) va ular bilan hamkorlikda nechoglik qabikh ishlarni amal- ga oshirganliklarini, bu zulm va qabohatdan eng avvalo beva-bechoralar (Razzoq sufi oilasi)azob chekayotganligini khikoya qilib beradi. Ayni paytda yozuvchi khalq ongi- ning yangilanib borayotganligini kursatib, uziga tuq, dunyo kurgan, khayotning past- balandiga akli etgan toifa orasidan millatning qadriga etguvchi, ertangi kuni uchun jon kuydirguvchi, uning uzligini anglashda yordamlashayotgan millatparvar odamlar etishib chiqayotganligiga ham ishora qiladi (Abdusamad mingboshi, Miryokub, jadid singari timsollar orqali).

Roman voqealari Andijonda ruy beradi. YOzuvchining bosh maqsadi Rusiyaning asosiy mustamlakasiga aylangan Turkistonning qaramlik kishanlarini uzishga intilishini, bunga sharoit etayotganligini kursatish edi. Bu niyatini adib turli tabaqadan tanlagan kishilar obrazlari orqali ilgari suradi. Roman mar kazn da uta “kamgap, indamas damini ichiga solgan, ziqna odam” bulgan Razzoq sufi oilasi tu- radi. Voqealar tizimi shu oila tashvishlaridan boshlanib, shu oila fojiasi bilan yakunlanadi. Uzining bitta-yu bitta, kuzining oqu-qorasi hisoblangan qizini piri Eshonboboning rayini kaytara olmay Akbarali minboshining uch khotini ustiga berishga majbur bugan Razzoq sufining kuzi qizi begunoh ayblanib, Sibirga sur- gun qilingandan keyingina ochiladi. Etiqodi chilparchin bulgan Razzoq sufi uz pirining joniga qasd qiladi. Khotini Qurbonbibi bu dard-alamlarni kutara olmay telba bulib qoladi, Romanda aytilmoqchi bulgan asosiy ran mana shu. Pekin butun hayotini yurtning “katta”larini uluglashga bakhshida qilgan, uzi siginib qul bergan, Eshon bobosining har bir kalimasini muqaddas deb bilgan, zamoniga shak keltir- may “bersang eyman, ursang ulaman” deb yashashga kunikkan Razzoq sufining boshiga shuncha kurguliklarni kim soldi?

Bu endi romanning bosh masalasidir. Ana shu fojealar oqimining boshida Ak­barali mingboshi, Miryoqub, Noyib tura kabilar turadilar. Chulpon asari voqealar kalavasini bir nuqtaga jamlab, oddiy fuqarolarning boshiga yogilayotgan jabru ja- folarning yagona sababchisi mustamlakachilik siyosatidir degan fikrga ishontiradi.

Bu fikr ayniqsa, Zebini sud qilish lavkhdparida katta makhorat bilan ochib tashlanadi. Eslaysizmi, sud raisidan tortib tilmochgacha bechora Zebunisoning gunokhsiz ekanli- gini biladilar-u, ammo “Uldirilgan odam Rusiya davlatiga va podshoga sadoqati bi­lan tanilgan odam” bulganligidan mingboshini himoya qilgan bulib, Zebini surgun qiladilar. Bu bilan biz guyo khakiqatni ruyobga chiqaryapmiz demoqchi buladilar, aslida esa khalq ommasini qurqitib olmoqchi edilar.Chulpon ana shu haqiqatga ishora qiladi.

Savol va topshirikdar:

  1. Chulponning adabiyot olamiga kelish yuli khaqida nimalarni bilasiz??
  2. Jadid adabiyoti nima?
  3. Chulpon jadid yozuvchisi sifatida qanday asarlar yozgan?
  4. Chulpon jadidchilik harakatining qaysi namoyandalari bilan yaqin aloqada bulgan?
  5. Chulpon lirikasining etakchi mavzusi nima? Shoir sherlari asosida fikringizni bayon qiling.
  6. Chulpon ijodiga bagishlangan adabiy kecha utkizing.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …