Главная / Madaniyat / ABBOS (ROZIYaLLOHU ANHU)NING SAKhOVATI
<

ABBOS (ROZIYaLLOHU ANHU)NING SAKhOVATI

abbos-sakhovatiKhalifa Umar (roziyallohu anhu) davrlariga kelib, musulmonlar sonining ortishi sababli, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning masjidlarini kengaytirishga tugri keldi. Buning uchun masjid atrofidagi er va uylarni egalaridan sotib olish kerak edi. Masjidga qushni khonadon sohiblariga bu taklif maqul keldi. Biroq birgina kishi bunga rozi bulmadi. Bu – Paygambar (alayhissalom)ning amakilari Abbos (roziyallohu anhu) edi.

U uyini sotishga rozi bulavermagach, khalifa Umar (roziyallohu anhu) unga taklif bilan chiqdi:

– Ey Abbos, biz musulmonlar uchun masjid hududini kengaytirmoqchimiz, agar uying uchun tulanayotgan mablag kamlik qilsa, uni kupaytirishimiz mumkin, – dedi.

– Bu erlar menga tegishli, uni qancha pul bersang ham sotmayman, – dedi u.

Khalifa chuqur uyga toldi. Qoziga murojaat etishga qaror qildi. Usha davrda Madinada fiqh ilmini yakhshi bilgan, adolatli Ubay ibn Kab qozilik qilardi.

Khalifa va Abbos qozining huzuriga keldilar. Umar gap boshladi:

–Men davlat rahbari sifatida, musulmonlarga yakhshilik istab, katta pul evaziga Abbosning uyini masjidni kengaytirish uchun sotib olmoqchiman. Lekin u bunga rozi bulmayapti.

–Bu erlar mening mulkim, uni sotishni khohlamayman, – dedi Abbos.

Har ikki tomonni tinglagan qozi qarorini elon qildi: “Birovga tegishli bulgan erni boshqa birov kuch bilan tortib ololmaydi, hatto bu musulmonlarning manfaati uchun bulsa ham. Abbosning mulki uzida qoladi. Khalifa ham erni sotishga majbur qilishga haqqi yuq”, deya hukm qildi.

Khalifa indamay qaytib keta boshladi. Shu payt Abbos qoziga:

–Ey Ubay, chiqargan hukming kuchiga kirdimi? – dedi.

– Ha, albatta, hech kim sening mulkingni kuch bilan tortib ololmaydi. Hukm kuchga kirdi, – dedi.

Bu gaplarni eshitgan Abbos yigilganlarga qarata:

–Ey khaloyiq! Meni eshiting. Bugundan boshlab masjid atrofidagi uyim va erimni masjid uchun hadya qildim, –dedi.

Taajjubga tushgan Ubay ibn Kab:

– Ey Abbos, hozirgina uyingni sotishdan bosh tortayotgan eding, endi esa uni tekinga berib yuborayapsan, nima buldi? – dedi.

– Men bu ishimni insonning qadri Islomda qanchalar ulug ekanini isbotlash uchun qildim, – deb javob berdi Abbos (roziyaallohu anhu).

О нас

Яна маълумот

LUTD0pUznvBSkUAIEyOwNPGqJB_f497Z

Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoshkalaringiz ham kerak bulmaydi

Birgina mavzu butun dunyodagi eng muhim jarayonlarni ham, muammolarni ham chetga surdi – koronavirus. Butun …